Evropada kofe narxi tez sur’atlar bilan oshib bormoqda

Evropada kofe narxi tez sur’atlar bilan oshib bormoqda

Evropa statistika idorasi (Evrostat) so‘nggi bir yilda YEI mamlakatlarida qahva narxi qanchaga oshgani haqidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. Shunga ko‘ra, tez o‘sib borayotgan narxlar tufayli Yevropa mamlakatlarida qahva deyarli hashamatga aylanib bormoqda.

EI mamlakatlarida bir chashka qahvaning o‘rtacha narxi avgust oyida o‘tgan yilga nisbatan 16,9 foizga oshdi. Qahvasiga sut va shakar qo‘shganlarning zavqi yanada qimmatga tushadi.

EI davlatlari orasida bir chashka qahva narxi eng ko‘p oshgan davlat 43,6 foiz bilan Finlyandiya bo‘ldi. Finlyandiyadan keyin 39,9 foiz bilan Litva, 36,7 foiz bilan Shvesiya, 36,4 foiz bilan Estoniya va 34,3 foiz bilan Vengriya joy oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!