Evropa Rossiya gazining tranzitini Ozarbayjon gaziga almashtirishni muhokama qilmoqda

Evropa Rossiya gazining tranzitini Ozarbayjon gaziga almashtirishni muhokama qilmoqda

Evropa Kiyev bilan Ukraina orqali gaz tranzitini saqlab qolish, Rossiya yetkazib berishni Ozarbayjonga almashtirish variantlarini muhokama qilmoqda. Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Rossiya gazini Ukraina hududi orqali Yevropaga tranzit qilish bo‘yicha shartnoma yil oxirida tugaydi. Kiyev Rossiyaning «Gazprom» konserni bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti. Shu bilan birga, Ukrainaning «Naftogaz» kompaniyasi vakili Aleksey Chernishovning aytishicha, Ukrainada tranzit uchun zarur bo‘lgan barcha infratuzilma mavjud, ulardan foydalanish kerak.

Ozarbayjon gazini Yevropaga yetkazib berishdan foyda ko‘radigan mamlakat Bratislava bo‘ladi, deya qayd etadi Bloomberg. Agentlikning eslatishicha, Slovakiya Bosh vaziri Robert Fiko may oyida Bokuga qilgan safaridan keyin bunday tranzit imkoniyati haqida gapirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuvga erishilsa, Slovakiya Ozarbayjondan gaz import qilishi, bir qismini o‘zi uchun saqlab, qolganini boshqa davlatlarga jo‘natishi mumkin bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!