Evropa Ittifoqi zilziladan keyin Suriyaga sanksiyalar tufayli yordam bera olmaydi

Evropa Ittifoqi zilziladan keyin Suriyaga sanksiyalar tufayli yordam bera olmaydi

Yunoniston bosh vaziri Kiriakos Misotakis Yevropa Ittifoqi zilzila qurbonlariga yordam berayotganini, biroq uning hammasi Turkiyaga yuborilayotganini, chunki Yevropa Ittifoqi sanksiyalari tufayli Suriyaga yuk yetkazib berishning imkoni yo‘qligini ta’kidladi.

Evropa Ittifoqi 2011 yilda prezident Bashar al-Asadni hokimiyatdan ag‘darish maqsadida Suriya hukumatiga qarshi sanksiyalar kiritgan edi. Sanksiyalarning amal qilish muddati har yili uzaytiriladi. Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Xosep Borrel avvalroq Yevropa Ittifoqi Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilmasligini va u yerda hokimiyat tranziti boshlanmaguncha bu mamlakatni tiklashga yordam bermasligini aytgan edi.

Bugun Misotakis bu masalani Yevropa kengashi yig‘ilishida ko‘tarmoqchi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda «hech qanday geosiyosiy muammo» yo‘q.

«Gap hech qanday rejimni tan olish haqida ketayotgani yo‘q. Gap og‘ir ahvolda qolgan va bizning yordamimizga juda muhtoj odamlarni qutqarish haqida ketmoqda», - dedi Misotakis.

Ayni vaqtda Rossiya harbiylari Suriyada qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda: 42 kishi qutqarildi, 57 kishi halok bo‘ldi, 200 ga yaqin aholiga tibbiy yordam ko‘rsatildi.Halab, Xama, Jebla va Stam shaharlarida to‘rtta qon qabul qilish punkti ishga tushirildi. Sakkizta insonparvarlik yordami punktida mahalliy aholiga 11 tonnadan ortiq oziq-ovqat va zaruriy mahsulotlar yetkazib berildi.

Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qariyb 5,9 ming kishiga, jarohatlanganlar soni 34,8 mingdan oshgan. Suriya sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 1,2 mingdan oshgan, 2 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!