Evropa Ittifoqi va Hindiston 18 yillik muzokaralardan so‘ng savdo bitimiga erishish arafasida turibdi

Evropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen Nyu-Dehlidagi uchrashuvda savdo kelishuvi 2025 yil oxiriga qadar imzolanishi rejalashtirilganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi va Hindiston o‘rtasidagi erkin savdo bitimi dunyodagi eng yirik iqtisodiy bitim bo‘ladi. Muzokaralar 2007 yilda boshlangan, 2013 yilda to‘xtatilgan va 2021 yilda qayta tiklangan.
Evropa Ittifoqi kelishuv doirasida Hindistondan import qilinadigan avtomobillar va alkogol mahsulotlariga belgilangan bojni pasaytirishni talab qilmoqda. Hindiston esa o‘z farmasevtika, kimyo va tekstil sanoati mahsulotlari uchun Yevropaga kengroq yo‘l ochishni istamoqda. Bundan tashqari, Hindiston Yevropaning po‘lat, alyuminiy va sement mahsulotlariga qo‘shimcha ekologik yig‘imlar joriy etishiga qarshi chiqmoqda.
Ma’lumot uchun, Yevropa Ittifoqi Hindistonning eng yirik savdo sherigi hisoblanadi. Oxirgi o‘n yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi deyarli ikki baravarga o‘sib, 137,5 milliard dollarga yetdi.