Insonparvarlik yordami bo‘yicha Yevropa komissari Xadja Labib Suriyaga tashrif buyurdi va Arab Respublikasida hokimiyat almashganidan keyin Yevropa Ittifoqining mamlakatdagi birinchi vakili bo‘ldi.
Bu haqda G‘arb OAVlari xabar berdi.
Komissar Xoja Labib Damashqda Suriyaning yangi rahbari Ahmad al-Shara bilan uchrashib, Suriya jamiyatining xilma-xilligini hisobga oladigan inklyuziv hukumat tuzilishiga umid bildirdi.
Yig‘ilishda Labib Suriya va qo‘shni davlatlarga insonparvarlik yordami uchun 235 million yevro ajratilishini ma’lum qildi. Bu mablag‘lar uy-joy, oziq-ovqat, suv, ta’lim va tibbiy yordam bilan ta’minlashga sarflanadi.
27 yanvar kuni Bryusselda Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari tomonidan ko‘rib chiqiladigan Suriyaga qarshi xalqaro sanksiyalarni yumshatish masalasi ham muhokama qilindi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Саудия Арабистони Про-Лигаси келаси ёзда 41 ёшли ҳужумчи Криштиану Роналду "Ан-Наср"ни тарк этса, лигага янги “асосий юлдуз” олиб келади. Bu ҳақда The i Paper хабар бермоқда.
Ижтимоий тармоқларда "Кийим-кечак дўкони рекламаси одоб-ахлоқ меъёрларига мос келмайдиган тарзда жойланиб, миллий ва оилавий қадриятларга зид образ ва ибораларда берилгани...” жамоатчилик томонидан кўплаб муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.
Учрашувда Ўзбекистон ва Қозоғистон ўртасида олий даражадаги ўзаро ишонч ва яқин мулоқотга асосланган муносабатлар анча жадал ривожланиб бораётгани мамнуният билан қайд этилди. Қувонарлиси, 2025 йил икки томонлама ҳамкорлик учун муҳим ва самарали босқич бўлди.