Yevrokomissiya sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik sohalariga 1,3 milliard yevro sarmoya kiritadi

Bu mablag‘lar 2025–2027 yillarga mo‘ljallangan “Raqamli Yevropa” dasturi doirasida ajratiladi, deb xabar beradi Yevropa Ittifoqi ijro hokimiyati matbuot xizmati.
Hujjatga ko‘ra, mablag‘ning bir qismi sun’iy intellektning generativ modellarini tijorat kompaniyalari, davlat sektori, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy parvarish sohalari uchun yanada qulay va ommabop qilishga yo‘naltiriladi.
Shuningdek, dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
— Yevropa raqamli innovasiya markazlarini (EDIH) qo‘llab-quvvatlash;
— O‘ta muhim infratuzilmalarning, jumladan, suv osti kabellarining kiberhujumlarga bardoshligini oshirish;
— Yevropa Ittifoqi davlat xizmatlarining samaradorligini oshirish;
— Yevropa ta’lim muassasalarining raqamli ko‘nikmalar sohasidagi salohiyatini rivojlantirish.