Evroittifoq Rossiyadan neft mahsulotlari narxining yuqori chegarasini tasdiqladi

Evroittifoq Rossiyadan neft mahsulotlari narxining yuqori chegarasini tasdiqladi

EI Kengashi shanba kuni Rossiyadan neft mahsulotlari narxining maksimal chegarasini rasman tasdiqladi.

“Bugun YEI Kengashi Rossiyada ishlab chiqariladigan yoki Rossiyadan eksport qilinadigan neft mahsulotlari uchun ikkita yuqori narx chegarasini belgilashga qaror qildi”, — deyiladi Yevropa Ittifoqi kengashi matbuot bayonotida.

Xabarda aytilishicha, xom neftga chegirma bilan sotiladigan neft mahsulotlarining birinchi chegarasi bir barrel uchun 45 dollar, ikkinchisi – xom neftga nisbatan yuqori narxda sotiladigan neft mahsulotlari uchun – bir barrel uchun 100 dollar qilib belgilangan.

Qaror 2023 yil 5 fevraldan kuchga kiradi. Bu muddatdan oldin sotib olingan va yuklangan Rossiya neft mahsulotlarini olib yuruvchi kemalar uchun 55 kunlik o‘tish davri nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!