Estoniya hukumati YEIni RFning muzlatilgan aktivlarini AQShdagi prezidentlik saylovi oldidan musodara qilishga undamoqda

Estoniya hukumati YEIni  RFning muzlatilgan aktivlarini AQShdagi prezidentlik saylovi oldidan musodara qilishga undamoqda

Estoniya hukumati Yevropa Ittifoqini “uzoq muddatli siyosat”ni yo‘lga qo‘yish maqsadida Rossiya Federasiyasining muzlatilgan aktivlarini AQShdagi prezidentlik saylovi oldidan musodara qilishga undamoqda.

Bu haqda Bloomberg nashri Estoniya TIV kansleri Yonatan Vseviovga tayanib xabar bermoqda.

"Aktivlar yil oxirigacha yoki, yaxshisi, AQShdagi prezidentlik saylovi oldidan musodara qilinishi juda muhim. Agar uzoq kutsak, juda kech bo‘lishi mumkin", — deya ma’lum qildi Vseviov agentlikka bergan intervyusida.

Bloomber agentligiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqiga a’zo ayrim davlatlar va rasmiylar 24 fevralgacha Rossiya aktivlari bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishishga umid qilmoqda

🔥 @burchakostida


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!