Estoniya G7 davlatlari darajasida Rossiya neftini sotib olish uchun narx chegarasini yana bir bor pasaytirishni taklif qilmoqda

Estoniya G7 davlatlari darajasida Rossiya neftini sotib olish uchun narx chegarasini yana bir bor pasaytirishni taklif qilmoqda

Estoniya G7 davlatlari darajasida Rossiya neftini sotib olish uchun narx chegarasini yana bir bor pasaytirishni taklif qilmoqda.

"Biz bilamizki, Rossiya neftdan 42 foizga kam daromad oladi va iqtisodiy sanksiyalar, jumladan, neft narxini cheklash Rossiya iqtisodiyotiga va uning urush mashinasini yonilg‘i bilan ta’minlash qobiliyatiga ta’sir qilayotganini ko‘rmoqdamiz, shuning uchun biz shu ruhda davom etishimiz kerak", — deya ta’qidladi Estoniya Vazir Kaya Kallas Bryusselda Yevropa Ittifoqi kengashi boshlanishidan oldin.

Bundan tashqari, u YEI Kengashining BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan bo‘lajak yig‘ilishida bosqinchilik jinoyati bo‘yicha tribunal bilan taraqqiyotga erishish mumkinligiga umid qilmoqda.

"Xalqaro jinoyat ishi sudining Putinni hibsga olish to‘g‘risidagi buyrug‘i hech bir yetakchi o‘z jinoyatlari uchu javobgarlikdan qocha olmasligidan dalolatdir. Biroq, ICC bosqinchilik jinoyatini ta’qib qila olmaydi, bu erda tashabbus BMT tomonidan bo‘lishi kerak", — deya qo‘shimcha qildi Kallas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!