Eski avtokranni olib kirish uchun 4 milliard so‘m imtiyoz olish rejasi chippakka chiqdi

Eski avtokranni olib kirish uchun 4 milliard so‘m imtiyoz olish rejasi chippakka chiqdi

Bojxona to‘lovlarini to‘lamaslik maqsadida xorijiy mamlakatdan olib kelingan texnikalarning ishlab chiqarilgan yilini noto‘g‘ri ko‘rsatishga urinish hamda tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodlarini o‘zgartirish kabi navbatdagi qonunbuzarlik holatlari bojxonachilar tomonidan fosh etildi.

Jumladan, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari fuqaro T.A. tomonidan 4 mlrd. 162 mln. 888 ming so‘m imtiyoz asosida olib kirilayotgan avtokran vositasining yorliqlaridagi ma’lumot bilan avtomashinaning holatini tegishli idoralar bilan hamkorlikda ekspertizadan o‘tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, mazkur avtotransport vositasi hujjatlarda ko‘rsatilganidek 2018 yilda emas, balki 2007 yilda ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi.

Yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!