​​Ertaga tongda UFC yengil toifasining yangi chempioni aniqlanadi

​​Ertaga tongda UFC yengil toifasining yangi chempioni aniqlanadi

Xabib Nurmagomedov faoliyatini tugatgach eng nufuzli vazn kamari vakant qoldi. Ertaga uning yangi chempioni va yangi era egasi aniqlanadi. Bu haqda sharhlovchi Davron Fayziyev o‘zining telegram kanalida yozmoqda.

"Da’vogarlar sobiq Bellator chempioni Maykl Chendler hamda reytinglar orqali ko‘tarilgan Charlz Oliveyra. Aynan ularga Dena Uayt imkon bergani ko‘pchilikda e’tiroz uyg‘otdi. Ochig‘i, menda ham. Sababi, Chendler UFC ga o‘tgach yarim raundda Den Xukerni nokautga uchratdi holos. Oliveyra esa top jangchilardan faqatgina Getji tomonidan to‘kib tashlangan Toni Fergyusonni yengdi. Fikrimcha, haqiqiy da’vogarlar Dastin Porye va Jastin Getji edi. Ammo qaror qabul qilindi. Chendler - Oliveyra alohida olib qaraganda zo‘r to‘qnashuv. Bomba effektiga ega pancher Chendler hamda eng kuchli jitserlardan biri, bo‘g‘ma ilon Oliveyra. 

Darvoqe co-main-event jangida Toni Fergyuson qaytish qiladi. Raqibi nokautchi Benil Dariush. Tonining fikricha u faoliyatidagi eng zo‘r formada va asl ildizlariga, och bo‘ri holatiga qaytgan", deb yozadi u. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!