Ertaga bizni jazirama kutyaptimi?

Ertaga bizni jazirama kutyaptimi?

Ertaga, 5 avgust kuni  respublika bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari bilan tanishing. Gidrometeorologiya xizmati markazi yakshanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
 
Demak, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi +22...+24, kunduzi +38...+40 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 3-8 m/sga yetadi.
 
Farg‘ona vodiysida havo biroz bulutli bo‘lib, kechasi +18...+23, kunduzi +33...+38 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 5-10 m/s tezlikda shamol esadi.
 
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi +20...+25, kunduzi +35...+40 daraja bo‘lib, havo o‘zgarib turadi, 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.
 
Buxoro va Navoiy havo harorati kechasi +21...+26, kunduzi +35...+40 daraja bo‘lib, havo o‘zgarib turadi, 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.
 
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo harorati kechasi +20...+25, kunduzi +37...+42 darajagacha ko‘tariladi. 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo harorati kechasi +23...+28, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi. 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.
 
Qamchiq dovoni va Chimyonda kechasi +15...+20, kunduzi esa +25...+30 daraja bo‘ladi. 5-10 m/s tezlikda shamol esib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!