Ertaga, 10 avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

A A A
Ertaga, 10 avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 10 avgust kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 10-12 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 24-26 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja icciq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 23-28 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 23-28 daraja iliq, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysining ba’zi tumanlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari keskin oshdi

2026/2027 ўқув йили учун Тошкент давлат юридик университетида тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди.

Farg‘onada ko‘p qavatli uy "podvalida" akula boqilayotgani aniqlandi

Бундан ташқари, ичимлик сувидан ўзбошимчалик билан фойдаланилгани ҳолати бўйича ҳам тегишли баённома расмийлаштирилган.

“Agar men prezident bo‘lmaganimda, Isroil ham bo‘lmas edi”

Доналд Трамп Эрон раҳбариятини “қаттиққўл ва ақлли, бироқ жуда ёвуз” деб атади.

Shomurodov to‘purarlar bahsida yuqori ko‘tarildi

Туркия чемпионатининг учинчи турида “Башакшеҳир” ўз майдонида “Касимпаша” клубини қабул қилиб, 1:1 ҳисобида дуранг ўйнади.

Biz ertagayoq ketamiz...

Путиннинг таъкидлашича, Арманистон билан боғлиқ ҳозирги муаммолар Қорабоғ атрофидаги вазиятдан бошланган.

Putin Zelenskiyning Rossiya osmoni xavfsiz emasligi haqidagi ogohlantirishiga javob qaytardi