Eronning shimolida 5,1 magnitudali zilzila yuz berdi

Eronning shimolida 5,1 magnitudali zilzila yuz berdi

Chorshanba kuni Eronning shimolida 5,1 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lum qildi.

Tabiiy ofat episentri 350 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan Gurgon shahridan 56 km shimolda joylashgan. O‘chog‘i - 40 km chuqurlikda.

Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida hozircha ma’lumot olinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda kecha kechqurun kuchli zilzila sodir bo‘lgan edi. Zilzilalar 5 ta davlatda, jumladan, Qozog‘istonning 5 ta viloyatida qayd etilgan. Natijada Afg‘onistonda 2 kishi, Pokistonda esa kamida 9 kishi halok bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!