Eron va Rossiya o‘z valyutalarida savdo qiladi

Eron va Rossiya o‘z valyutalarida savdo qiladi

Eron va Rossiya o‘zaro hisob-kitoblar uchun deyarli butunlay milliy valyutalarga o‘tdi, dedi bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak Islom inqilobining 45 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan qabulda.

«Biz deyarli butunlay milliy valyutalarda hisob-kitoblarga va bank xabarlarini milliy (tizimlarimizga) uzatishga o‘tdik. Bu esa iqtisodlarimiz rivojiga to‘sqinlik qilmoqchi bo‘lganlarga qaram bo‘lmaslik imkonini beradi... Haqiqatan ham bizda umumiy jihatlar ko‘p, biz ikki tomonlama va ko‘p tomonlama formatda ishlaymiz. Eronlik do‘stlarimiz Shanxay hamkorlik tashkiloti va BRIKSga qo‘shildi. Shuningdek, Rossiya va ushbu tashkilotlarga a’zo bo‘lgan barcha davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun ulkan salohiyat mavjud», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS.

G‘arb sanksiyalari ostidagi har ikki davlat ham dollarda to‘lovlarni amalga oshirish va xalqaro to‘lov tizimlaridan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!