Samarqandda IIB xodimi o‘smirning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Samarqandda IIB xodimi o‘smirning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Bulung‘ur tumani IIB profilaktika inspektori jinoiy jazoga tortildi. Unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi JIB Payariq tuman sudida ko‘rib chiqilib, hukm o‘qildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanishdi.

Sud hukmida keltirilishicha, 1986 yilda tug‘ilgan I.X. Bulung‘ur tumani Kildon mahallasi profilaktika katta inspektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

2025 yil 20 fevral kuni Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasiga 2008 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan B.B. amakisiga tegishli Cobalt mashinasini o‘zboshimchalik bilan boshqarib ketgani haqida xabar kelib tushadi. Profilaktika inspektori I.X. 21 fevral kuni B.B.ni qarindoshlari bilan birga izlab, Jizzax viloyatining Zarbdor tumani hududidan topgan. So‘ngra xodim o‘smirni uyiga olib borgan va uning onasidan o‘g‘lini olib kelish uchun Zarbdor tuman ichki ishlar xodimlariga 400 ming so‘m berganini aytib, ushbu miqdordagi mablag‘ni bank kartasiga o‘tkazib olishga erishgan.

Shundan so‘ng, profilaktika inspektori “Bu bola qamaladi, endi qonun oldida javob berishi kerak” deya qo‘rqitib, B.B.ni qarindoshlari yonidan olib chiqib ketgan. Biroq profilaktik tadbir o‘tkazmasdan yoki biror hujjat rasmiylashtirmasdan B.B.ni tungi vaqtga qadar o‘zi bilan olib yurgan. Soat 22:30 larda voyaga yetmagan yigitning onasi K.Q.ga qo‘ng‘iroq qilib, farzandini IIB ma’muriy binosidan olib ketishni aytgan. Ammo K.Q. kelmagach, B.B.ni soat 23:00 larda yashash uyiga olib kelib, qarindoshlariga qoldirib ketgan.

B.B. qilgan qilmishi uchun qamalishi haqida aytilgan gaplardan qo‘rquvga tushib, 2025 yil 22 fevral kuni yashash uyi molxonasida dizel yoqilg‘isini ustiga sepib, o‘ziga o‘zi o‘t qo‘ygan. Buning oqibatida og‘ir darajadagi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. U ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay 2025 yil 6 may kuni shifoxonada vafot etgan.

Profilaktika inspektori I.X. sudda aybiga qisman iqrorlik bildirgan va B.B.ning o‘limida aybi yo‘qligini, unga tahdid qilmaganini, marhumning yaqinlari unga tuhmat qilayotganini aytgan.

B.B.dan nega bunday qilganini so‘raganimda u amakisi uyidagi tovuq va g‘oziga qaramagani uchun urganini, shundan so‘ng qo‘rqib, mashinani boshqarib ketganini ma’lum qildi. Zarbdor tumanida B.B. “Aka, sizda gapim bor, 400 ming so‘m berib turing, telefonimni olay, faqat akam bilmasin. Agar bilsa meni o‘ldiradi, uning xarakteri yomon” deya yalina boshladi. Cho‘ntagimdan 400 ming so‘m pul olib, B.B.ga tutqazdim. U yoshi o‘zi tengi bola bilan gaplashib, Samsung A53 telefonini olib keldi va “Sizda turib tursin, uyda onamdan pul olib beraman” dedi. Shundan keyin Bulung‘ur tumaniga qaytdik.

B.B.ni uyiga olib borganimda onasi chiqib, “qayerga tashlash kerak o‘g‘lim olgan pulni?”, deb so‘radi. Onamning nomiga ochilgan bank kartasi raqamini aytdim. K.Q. 400 ming so‘m o‘tkazib berdi. Men B.B.ning onasi va qarindoshlaridan pul so‘raganim yo‘q. B.B.ni fosh etilmagan jinoyatlarni uning bo‘yniga qo‘yish bilan qo‘rqitmaganman. Bu – tuhmat”, degan profilaktika inspektori suddagi ko‘rsatmasida.

Marhumning onasi K.Q. esa inspektor o‘g‘liga uni qamatishini aytib, tahdid qilganini bildirgan.

O‘sha kuni soat 23:00 larda profilaktika noziri I.H. menga qo‘ng‘iroq qilib, “Bir o‘zingiz kelib keting, farzandingiz Behruzning masalasini hal qilamiz” dedi. Men borolmasligimni aytdim. Oradan 30 daqiqa vaqt o‘tgach, I.H. o‘g‘limni uyga tashlab ketdi. Shunda o‘g‘lim qo‘rquv, stress holatda bo‘lganini, qo‘llari qaltirab turganini ko‘rdim. Ahvoling yaxshimi, deb so‘raganimda yaxshi dedi.

O‘g‘lim o‘zini yoqib yuborgach 2025 yil 6 mayga qadar davolandi, biroq kuyish darajasi og‘ir bo‘lgani sababli vafot etdi. Farzandim B.B. o‘z joniga suiqasd qilgani holatida profilaktika inspektori I.H.ning aybi bor, deb bilaman. Sababi, I.H. o‘g‘limni qo‘rqitib, qamayman deya unga tazyiq o‘tkazgan. U bu haqda menga va qaynukamga aytib berdi. Biz o‘g‘limning ushbu gaplarini video tasvirga olganmiz”, degan ayol sudda.

JIB Payariq tuman sudining hukmi bilan I.H. Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 207-moddasi 3-qismi “a” bandida (mansabga sovuqqonlik bilan qarash odam o‘limiga sabab bo‘lishi) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 2 yil muddatga ichki ishlar organlari tizimida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Profilaktika inspektori sud zalidan qamoqqa olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Karim Benzema «Real» taklifini qabul qildi

Журналист Хорхе Пиконинг маълум қилишича, "Реал"нинг собиқ ҳужумчиси Карим Бензема футболчилик фаолиятини якунлагач, клубнинг элчиси бўлиш таклифини қабул қилган.

Hatto YTHdan keyin ham Adam Qodirov medal olib kelmoqda

Адам Қодиров йўл-транспорт ҳодисасидан кейинги ҳолатда ҳам медаль билан тақдирланди.

“Manchester Siti” Husanov o‘ynaydigan qanotga yangi himoyachi topdi

“Манчестер Сити” раҳбарияти жамоанинг ўнг қанот ҳимоясига барибир янги ижрочи олиш керак, деган хулосага қайтди. Айни пайтда клуб скаутлар бир неча номзодни кузатув остига олган.

Alonso "Real"dan iste’foga chiqarilgach, ilk bor o‘z fikrlarini bildirdi

Хаби Алонсо "Реал" бош мураббийлигидан истеъфога чиқарилганидан сўнг ижтимоий тармоқларда клуб билан хайрлашди.

Grenlandiya tashqi ishlar vaziri yig‘lab yubordi

Олдинроқ ижтимоий тармоқларда Гренландия Дания вакилларининг Оқ уйни тарк этганидан сўнг парковкада асабийлашган ҳолда тамаки чекаётган видеоси тарқалган эди.

Eron Starlinkni bloklashga muvaffaq bo‘ldi

Ҳукуматга қарши кенг кўламли норозилик намойишлари фонида Эрон мамлакат ичида интернет алоқасини бутунлай узиб қўйишга муваффақ бўлди.

"Oreshnik" zarbasi G‘arb uchun signal bo‘ldi

Бу ҳақда The National Interest ёзмоқда.

Xabi Alonsoning rafiqasi uning «Real»dan ketishiga munosabat bildirdi

Мадриднинг «Реал» клуби собиқ бош мураббийи Хаби Алонсонинг рафиқаси Нагоре Аранбуру турмуш ўртоғининг бош мураббийлик лавозимини тарк этиши ҳақида фикр билдирди.

Yurgen Klopp qachon «Real»ni qabul qilib olishi mumkinligi aytildi

Юрген Клопп "Реал"да ишлаш вариантини кўриб чиқиши мумкин.

AQSh Maduroga qarshi operasiya davomida noma’lum maxfiy quroldan foydalangan

Бу ҳақда New York Post (NYP) хабар бермоқда

Afrikada o‘zini "payg‘ambar" deb atayotgan shaxs qurgan kema atrofida o‘n minglab odam to‘plandi

У одамларга бугун дунё бўйлаб глобал тўфон бўлишини ваъда қилган.

Ronaldu maydonda asr rekordini o‘rnatdi

Португалия терма жамоаси ва “Ан-Наср” клуби ҳужумчиси Криштиану Роналду яқинда профессионал фаолиятида 1300-учрашувини ўтказиб, умумий голлари сонини 956 тага етказиб олди.

Vanganing «bashoratlari»: Uchinchi jahon urushi 2026 yilda boshlanadi

Ер атмосферасига улкан космик кема кириб келиши ва инсоният тарихида янги давр бошланади

Saida Mirziyoyeva: Bu fojia nafaqat O‘zbekistonga, balki barcha postsovet mamlakatlariga xosdir"

Бошловчининг: «Одамлар ўзига зарар бераётганини тушуниб етиши учун нега давлат худди „болға“ каби тепасида туриши керак?» деган саволига жавобан, Саида Мирзиёева асл ўзгаришлар секин-аста, вақт ўтиши билан рўй беришини айтди.

Maktab va kollej bitiruvchilari 1 yillik harbiy xizmatga jalb qilinadi

Дастур ҳарбий хизматга қабул қилиш ва кадрларни ушлаб қолиш билан боғлиқ муаммоларни ҳал этишга қаратилган.

Ukraina Rossiyaning "Oreshnik" raketalari uchiriladigan raketa maydonchasiga zarba berdi

Зарба Украинанинг Львов шаҳри чеккасига қилинган ҳужумда фойдаланилган объектга қаратилган.

«Real»dan iste’foga chiqarilgan Xabi Alonso yana Germaniyada ish boshlashi mumkin

Мадриднинг "Реал" клуби мураббийлигидан кетган испаниялик мутахассис Хаби Алонсо Германия Бундеслигасига қайтиши мумкин.

Rossiya Xarkov shahrining muhim infratuzilmaga zarba berdi

Шаҳар ҳарбий маъмурияти раҳбари Игорь Терехов бу ҳақда маълум қилди.

Germaniya harbiylari muddatidan oldin va hech qanday izohsiz Grenlandiyani tark etdi — Bild

Нашрнинг хабар беришича, бир неча кун аввал разведка мақсадида Гренландияга юборилган Бундесвер ҳарбийлари гуруҳи оролни кутилмаганда ва ҳеч қандай тушунтиришсиз тарк этмоқда.

AQSh Grenlandiya tufayli Ukrainani unutib qo‘ydimi?

Бу ҳақда Европа Иттифоқининг ташқи ишлар ва хавфсизлик сиёсати бўйича олий вакили Кая Каллас ўз нутқида шундай деди.

Zimbabveda suv toshqinlari oqibatida kamida 74 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда мамлакат Фуқаролик мудофааси миллий бошқармасига таяниб, The Herald нашри маълум қилди.

Suriya armiyasi shimoldagi katta hududlarni egalladi

Сурия армияси мамлакат шимолидаги ҳудудларни назоратга олди ва курд кучларини сиқиб чиқарди, деб хабар берди The Guardian.

Netanyaxu: G‘azo sektorini boshqarish kengashi tarkibi Isroil bilan kelishilmagan

Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху Ғазо секторини бошқариш кенгаши таркиби Исроил билан келишилмагани ва унинг сиёсатига зид эканини билдирди.

Eron uchun yangi rahbariyat izlash vaqti keldi — Donald Tramp

АҚШ президенти бундай фикрни Politico'га берган интервюсида билдирди. Доналд Трамп Эроннинг олий раҳбари Оятуллоҳ Али Хоманаийни "мамлакатни бошқаришга қодир эмас" деб атади.

Eron rahbari Trampni «jinoyatkor» deb atadi va o‘limlarda aybladi

Эрон режимининг назоратидаги ишонч намоён бўлмоқда — норозилик намойишлари пасайгани ва интернет тўсиғини юмшатиши шуни кўрсатмоқда.

Italiyada Rossiyaga qarshi sanksiyalarni buzgan metall tashuvchi kema musodara qilindi

Италияда Россияга қарши жорий этилган санкцияларни бузгани учун 33 минг тонна металл хомашёси ортилган кема мусодара қилинди. Кема Новороссийскдан йўл олган бўлиб, Бриндизи портида ушланган.

Indoneziyada 11 kishi bo‘lgan samolyot radarlardan yo‘qoldi

Indonesia Air Transport авиакомпаниясига тегишли ATR русумли самолёт Жанубий Сулавеси провинциясининг Марос округи ҳудудида радарлардан йўқолди.

Kiyevda yuzlab ko‘p qavatli uylar issiqlik va svetsiz qoldi (fotolar)

Шаҳар мэри Виталий Кличко бунақаси уруш бошидан буён бўлмаганини айтмоқда. Кўчада ҳаво ҳарорати –19 даражагача тушган.

Farg‘onada bir necha kishi 14 yoshli qizni zo‘rladi

Маълумотларга кўра, Болалар омбудсмани Сурайё Рахмонова мазкур вазиятни ўз назоратига олган.

Fransiya prezidenti Makron armiyaga Yangi yil murojaati bilan chiqdi

Франция президенти ва қўшинлар бош қўмондони Эммануэль Макрон payshanba куни Стратегик авиация базаси Истрес, Буш-дю-Ронда мамлакатнинг “миллий мудофаа йўриқномалари” ҳақида нутқ сўзлади.

Nogironlik nafaqasini «narxlagan» shifokorga sud hukmi o‘qildi

Ёрдамга муҳтожман. Соғлигимни тиклаш учун етарлича маблағим йўқ. Ногиронлик нафақасини олишимга кўмаклашсангиз...

Jizzaxda Telegram orqali kasal bolalar uchun soxta xayriya uyushtirgan shaxs ushlandi

Тезкор қидирув ва тергов ҳаракатлари давомида ушбу хатти-ҳаракатларни Тошкент вилояти Бўка туманида яшовчи 26 ёшли шахс содир этгани аниқланди.

Xotinini to‘yga yubormaslik uchun yerto‘laga qamab qo‘ygan sobiq harbiy 3 yilga qamaldi

Собиқ ҳарбийга қўлланган “муносиб хулқ-атворда бўлиш ҳақидаги тилхат” эҳтиёт чораси “қамоққа олиш” тарзидаги эҳтиёт чорасига ўзгартирилган

AQShning Starmerga bosimi: nega Vashington KSIRni taqiqlashni istaydi va London nega qarshilik qilyapti?

2026 йил бошида Буюк Британияда Ислом инқилоби қўриқчилари корпусини (КСИР) террористик ташкилот деб тан олиш масаласи яна кун тартибига чиқди.

Tramp: Grenlandiya AQSh tarkibiga qo‘shilishi kerak

АҚШ президенти Доналд Трамп Гренландияни АҚШ миллий хавфсизлиги учун стратегик аҳамиятга эга деб атаб, уни қўшиб олиш зарурлигини билдирди.

Eronda beqarorlik yuzaga kelsa, qochqinlar Kavkazorti va Markaziy Osiyoga intilishi mumkin

"Агар Эронда вазият издан чиқса, бу катта беқарорлик ҳудудининг шаклланишига олиб келади", деди эронлик журналист Хаял Муъаззин.

Tailandda qurilish krani poyezd ustiga qulab tushdi: qurbonlar bor

Ўша пайтда поездда 195 йўловчи бўлган.

Jey Di Vens Daniya va Grenlandiya rasmiylari bilan uchrashadi

бу учрашув чоршанба куни Вашингтонда бўлиб ўтади.

Isroil qamoqxonalaridagi falastinliklar zulm va kasalliklardan aziyat chekmoqda

Бу ҳақда ХАМАС ҳамда фаолият юритувчи Фаластинлик маҳбуслар учун матбуот хизмати хабар берди.

Erondagi dahshat: butun mamlakat bo‘ylab taxminan 3000 nafar odam halok bo‘lgan

Эронлик мухолифатчи журналист Ваҳид Кеҳризек шаҳридаги суд-тиббиёт марказидан олинган суратларни эълон қилди.