Eron va Bahrayn siyosiy munosabatlarni qayta tiklash niyatida

Eron va Bahrayn siyosiy munosabatlarni qayta tiklash niyatida

Eron Islom Respublikasi va Bahrayn Podshohligi sakkiz yildan ortiq tanaffusdan so‘ng ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy munosabatlarni qayta tiklash bo‘yicha muzokaralarni boshlashga kelishib oldi.

Ma’lumot o‘rnida, Bahrayn Eron bilan aloqalarini 2016 yilda uzgan. Mamlakat Tehronni Saudiya Arabistonining ichki ishlariga aralashishda ayblagan.

2016 yil yanvarida Saudiya hukumati taniqli shia rahnamosi Nimr al-Nimrni 2011-yildagi hukumatga qarshi norozilik harakatlarida qatnashishda ayblab, qatl etgan edi. Ushbu holatga nisbatan Eron rasmiylari keskin munosabat bildirib chiqqan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!