Eron universitetida o‘zbek tili o‘qitiladi

Eron universitetida o‘zbek tili o‘qitiladi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 21 oktyabr – O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlab Eronning yetakchi universitetlaridan biri Alloma Tabotaboiy oliygohida o‘zbek tili kurslarini yo‘lga qo‘ymoqda.
Mazkur kurs “Turk tili va adabiyoti” kafedrasi talabalari uchun mo‘ljallangan. O‘quv kursi leksik, grammatik va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgan materiallarni o‘z ichiga olib, ular O‘zbekiston tarixi, madaniyati va zamonaviy hayotini aks ettiruvchi matnlardan iborat bo‘ladi.

Sharqshunoslik universiteti xodimlarining ma’lum qilishicha, mashg‘ulotlar 28 oktyabrdan boshlanadi va onlayn tarzda o‘tkaziladi.
Bu joriy yil hisobidan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining xorijda o‘zbek tilini o‘qitish bo‘yicha ikkinchi tajribasi. Birinchisi Al-Forobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti sharqshunoslik talabalari uchun tashkil etilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!