Eron Rossiyaga dronlar berganini rad etdi

Eron Rossiyaga dronlar berganini rad etdi

Eron tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Nosir Kanoniy Rossiyaga Ukrainadagi nizoda foydalanish uchun dronlar bergani to‘g‘risidagi xabarni rad etdi.

"Eron Rossiyaga Ukrainadagi urushda foydalanish uchun dronlar bergani to‘g‘risidagi xabarlarni asossiz deb hisoblaydi va bu xabarlarni tasdiqlamaydi", - dedi Kanoniy.

Uning ta’kidlashicha, Eron neytralitetga asoslangan siyosiy kursga amal qiladi. Kanoniyning so‘zlariga ko‘ra, Tehron Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi kelishmovchilik siyosiy yo‘l bilan yechilishi tarafdori.

Avvalroq The Wall Street Journal nashri Ukraina qurolli kuchlarining yuqori martabali ofiserlariga tayanib Rossiya armiyasi Ukraina qurolli kuchlariga Eron dronlari yordamida jiddiy zarar yetkazayotgani haqida yozgandi.

Ukraina qurolli kuchlarining 92-mexanizasiyalashgan brigadasi artilleriya qo‘mondoni, polkovnik Rodion Kulaginning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklar Eronning Shahed-136 dronini qayta bo‘yab va «Geran-2» nomini berib, Xarkivning shimoli-sharqidagi to‘qnashuvlarda ommaviy ravishda qo‘llamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!