Eron rahbarining Britaniyadagi ofisi yopildi

Eron rahbarining Britaniyadagi ofisi yopildi

Eron Islom Respublikasi bilan aloqador Britaniya Islom markazi yopildi.

Bu haqda Iran International nashri tarqatgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Londonda joylashgan Britaniya Islom markazi keyingi ogohlantirishgacha barcha madaniy-ma’rifiy tadbirlarni to‘xtatganini e’lon qilgan.

Ofisning yopilishi sabablari haqida batafsil ma’lumot berilmagan. Eron oliy rahnamosi Sayyid Ali Xomanaiyning idorasi sifatida ham tanilgan bu markaz turli diniy marosimlarga mezbonlik qilgan. Oxirgi paytlarda Britaniyada yashovchi eronliklar Britaniya islom markazi oldida bir necha bor to‘planib, uning yopilishini talab qilib, namoyishlar o‘tkazgan.

The Times nashrining xabar berishicha, Britaniya Islom markazi koronavirus pandemiyasi tufayli yetkazilgan zararni qoplash uchun Buyuk Britaniya hukumatidan 100 ming funt sterlingdan ortiq mablag‘ olgan. Buyuk Britaniyada shialikni targ‘ib qilish markazlaridan biri bo‘lgan Britaniya Islom markazi 1998 yilda tashkil etilgan. 2018 yildan buyon Markaz rahbari sifatida Eron oliy rahbari Xomanaiyning vakili Hoshim Musevi ishlab kelmoqda.



Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!