Eron prezidenti Buyuk Britaniya Bosh vaziriga: G‘arb Isroilni qo‘llab-quvvatlab, uni jinoyatni davom ettirishga undamoqda

Eron prezidenti Buyuk Britaniya Bosh vaziriga: G‘arb Isroilni qo‘llab-quvvatlab, uni jinoyatni davom ettirishga undamoqda

Eron Prezidenti Masud Pezeshkian Britaniya Bosh vaziri Key Starmer bilan telefon orqali muloqotda, xalqaro assambleyalarning sionistik rejimning misli ko‘rilmagan jinoyatlariga nisbatan harakatsizligi hamda ba’zi G‘arb davlatlarining rejimni qo‘llab-quvvatlashi uni o‘z jinoyatlarini davom ettirishga undaganini aytdi.

Prezident Pezeshkian dushanba kuni kechqurun telefon orqali muloqot chog‘ida tajovuzkorga qarshi jazo hujumlari barcha mamlakatlarning qonuniy huquqi hamda tajovuz va jinoyatlarni to‘xtatishning samarali chorasi ekanligini ta’kidladi.

Prezident Pezeshkian, shuningdek, Eron Islom Respublikasi urush dunyoning hech qaysi davlati manfaatiga mos emas, deb hisoblashini aytdi.

Uning izohlari Tehronda Hamas yetakchisi Ismoil Haniyaning sionistlar tomonidan o‘ldirilishi ortidan Eronning Isroil rejimiga qarshi javob choralarini ko‘rish tahdidi ortidan yangramoqda.

Eron prezidenti, shuningdek, Islom Respublikasi Britaniya bilan aloqalar kengayishi va yadroviy muzokaralar qayta tiklanishini olqishlashini aytib, muzokaralar barcha ishtirokchilar o‘z majburiyatlarini bajargan taqdirdagina o‘z samarasini beradi, dedi.

Key Starmer, o‘z navbatida, G‘azo urushini to‘xtatish va Falastin xalqiga yordam jo‘natish zarurligini ta’kidlab, bu maqsadda Eronning hissasini qo‘shishga chaqirdi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri, shuningdek, Eron bilan aloqalarni kengaytirishga tayyorligini bildirib, ikki davlatning yangi elchilari imkon qadar tezroq o‘z missiyalarini boshlashiga umid bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!