JCH-2026 saralash bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan Eron-O‘zbekiston o‘yinidan keyin Eron matbuotida yozilgan ba’zi mulohazalarni e’tiboringizga havola etamiz. "Aftab News" nashri o‘zbekistonlik yorim himoyachi Abbosbek Fayzullayev sha’niga maqtov so‘zlarini yozdi.
"O‘zbekiston milliy jamoasining yosh yulduzi Abbosbek Fayzullayev himoyachimiz Solih Hardaniy uchun haqiqiy boshog‘rig‘i bo‘ldi. U o‘zining keskin harakatlari va to‘pni olib yurishdagi yuqori mahorat bilan Eron milliy jamoasining himoyachisini bosim ostida ushlab turdi. Shuningdek, maydonning chap qanotidan berilgan jarima zarbasi orqali Eron darvozasini himoyachilar va darvozabonning xatosi tufayli ishg‘ol qila oldi.
Rossiyaning SSKA Moskva klubida to‘p surayotgan 21 yoshli vinger Yevropa jamoalaridan yaxshi takliflar olgan. O‘zbekiston milliy jamoasining so‘nggi o‘yinlarida eng samarali futbolchilardan biri bo‘lib, jamoani Jahon chempionatiga yo‘l olish ostonasiga olib keldi. U saralash bosqichida 14 o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urgan. Bu o‘zbek yulduzi o‘zining eng yaxshi o‘yinlarini Eron va Qatar kabi guruhning yetakchi jamoalariga qarshi ko‘rsatib, yosh bo‘lishiga qaramay, o‘z mamlakati uchun muhim futbolchiga aylandi.
O‘runov, Fayzullayev, Husanov va boshqa yosh yulduzlar yosh bo‘lishiga qaramay, juda yuqori sifatli o‘yin namoyish etmoqda. Bu jamoaning BAA va Qatardan yuqori o‘rin egallashi va o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatiga yo‘l olishi mumkinligi aslo kutilmagan holat emas. Bu yosh futbolchilarning 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishi O‘zbekiston futboli va uning iqtidorli o‘yinchilari uchun katta tramplin bo‘lishi mumkin", — deyiladi maqolada.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
Украина президенти Владимир Зеленский, агар у Европа интеграциясига таҳдид соладиган бўлса, унинг мамлакати ўз табиий ресурслари бўйича ҳеч қандай келишув имзоламаслигини айтди.
Кадастр тизимида ишловчи танишлари орқали тегишли ҳужжатларни расмийлаштириб бериш эвазига 10 минг АҚШ доллари талаб қилиб, жами 160 минг АҚШ доллари олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.
— Қўшимча ҳимоя чораларисиз бу сув тошқинига олиб келади ва маҳаллий аҳолига ҳам, Венеция маданий меросига ҳам катта зарар етказади, - дея огоҳлантирмоқда олимлар.
«Ёнғин оқибатида куйиб, тан жароҳати олган ва вафот этганлар кузатилмади. Ҳозирда содир бўлган ёнғин юзасидан терговга қадар суриштирув ишлари олиб борилмоқда», — дейилади хабарда.