Erdo‘g‘on Turkiya Vazirlar Mahkamasi bilan Shvesiyaning NATOga a’zo bo‘lish jarayonini muhokama qiladi

Erdo‘g‘on Turkiya Vazirlar Mahkamasi bilan Shvesiyaning NATOga a’zo bo‘lish jarayonini muhokama qiladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Vazirlar Mahkamasi bilan Shvesiyaning NATOga kirish jarayonini muhokama qiladi. Bu haqda Posta xabar bermoqda.

Materialda aytilishicha, yaqinda Turkiyaga qarshi uyushtirilgan shov-shuvli namoyishlarga ruxsat bergan Shvesiya hukumatining pozisiyasiga baho beriladi.

“Vazirlar mahkamasi yig‘ilishida Shvesiya provokasiyalarga ko‘z yumganidan so‘ng ikki davlat o‘rtasida kuchayib borayotgan keskinlik, shuningdek, mamlakatning NATOga a’zo bo‘lish jarayoni muhokama qilinadi”, deb yozadi nashr.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!