Erdo‘g‘on tarafdorlarini saylov natijalari sanab chiqilgunga qadar saylov qutilarini qo‘riqlashga chaqirmoqda

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘z tarafdorlarini saylovning ikkinchi bosqichi yakunlari yakunlanguniga qadar saylov qutilarini qo‘riqlashga chaqirdi.
“Men barcha aka-uka va opa-singillarimni saylov qutilarini saylov natijalari aniqlanmaguncha himoya qilishga chaqiraman”, — deya Erdo‘g‘onning Twitter'dagi so‘zlaridan iqtibos keltirgan RIA Novosti.
U Turkiya xalqining irodasini himoya qilish vaqti kelganini qayd etdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)