Erdo‘g‘on Shvesiya va Finlyandiyaning NATOga kirishiga qarshi chiqdi

Erdo‘g‘on Shvesiya va Finlyandiyaning NATOga kirishiga qarshi chiqdi

Erdo‘g‘on Shvesiya va Finlyandiyaning NATOga kirishiga qarshi chiqdi. Bu haqda «BBC news» manbasi xabar berdi.

Anqara Shvesiya va Finlyandiyaning NATOga qo‘shilish imkoniyatini ijobiy deb hisoblamaydi. Bu haqda juma kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi.

Shuningdek, u Skandinaviya davlatlari «terrorchi tashkilotlarning boshpanasiga aylanganini» qo‘shimcha qildi.

Erdo‘g‘anning bayonoti Shvesiya va Finlyandiyaning NATOga kirishiga to‘siq bo‘lishi mumkin, chunki qabul qilish to‘g‘risidagi qaror alyansga a’zo barcha davlatlar uchun konsensus asosida qabul qilinishi kerak deyiladi manba xabarida.

Bunga javoban ikki davlat tashqi ishlar vazirlari turkiyalik hamkasbi bilan shanba kuni Berlinda uchrashishi kutilayotganidan umidvor ekanliklarini bildirdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!