Erdo‘g‘an musulmonlarni Qurbon hayiti bilan tabriklab, hammani vaksina olishga chaqirdi

Erdo‘g‘an musulmonlarni Qurbon hayiti bilan tabriklab, hammani vaksina olishga chaqirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakat Qurbon hayitini ancha tinchroq epidemiologik vaziyatda nishonlayotganini ta’kidlab, fuqarolarni virus ustidan g‘alaba qozonish uchun emlanishga chaqirdi.

U muqaddas Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan turk xalqiga murojaat qildi.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, emlash COVID-19 tufayli yuqtirish va o‘limni sezilarli darajada kamaytiradi.

"Bu ham har bir fuqaroning salomatligi, ham butun xalqning ma’naviyati va Turkiyaning maqsadlariga erishish uchun juda muhimdir", dedi Erdo‘g‘an.

Prezident mamlakat musulmonlari hozircha Haj ziyoratini bajara olmayotganidan afsus bildirdi. Endi haj faqat Saudiya Arabistoni hududida yashovchi turli millat vakillarining cheklangan soni ishtirokida o‘tkazilmoqda.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, mamlakatda dunyo bo‘yicha o‘rtacha emlash darajasi yaxshi va epidemiologik vaziyat nazorat ostida, shuning uchun bu yil Turkiya ta’tilni yanada ijobiy muhitda o‘tkazadi. "Biz ushbu muborak kunlarda xalqimizga, islom olamiga va butun insoniyatga baraka olib kelishini tilaymiz", - deya so‘zini yakunladi mamlakat rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!