Erdog‘an: "Qorabog‘ — Ozarbayjon hududi. Bunga shubha yo‘q"

Erdog‘an: "Qorabog‘ — Ozarbayjon hududi. Bunga shubha yo‘q"

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida Qorabog‘ — Ozarbayjon hududi ekanligini ta’kidladi.

"Qorabog‘ Ozarbayjon hududi, buni hamma biladi. Mintaqada boshqa har qanday maqom qabul qilinishi mumkin emas. Turkiya Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini saqlashga qaratilgan qadamlarini qo‘llab-quvvatlaydi", dedi Erdog‘an.

Quyida Turkiya rahbarining nutqidan asosiy qismlarini keltirib o‘tamiz.

"Anqara Yerevandan bu kommunikasiyalarni, xususan, Zangezur koridorini ochishni kutmoqda".

"Ksenofobiya, irqchilik va islomofobiyaning yangi inqirozga aylanib borayotgan alomatlari o‘tgan yil davomida xavotirli darajaga yetdi".

"Turkiya barcha platformalarda, xususan, BMT, YXHT va IHTda islomofobiyaga qarshi kurash tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi".

"BMT Xavfsizlik Kengashi jahon xavfsizligining kafolati bo‘lishdan to‘xtadi va beshta davlatning siyosiy strategiyalari uchun kurash maydoniga aylandi".

"Prezident BMT va butun dunyoda xavfsizlik, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan boshqa tashkilotlarda jadal islohotlarni amalga oshirishga chaqirdi".

"Turkiya Yevropa Ittifoqidan o‘z majburiyatlarini bajarishini kutmoqda".

"Turkiya Falastin va falastin xalqini xalqaro huquq asosida o‘z qonuniy huquqlari uchun kurashida qo‘llab-quvvatlashda davom etadi".

"Turkiya tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan ko‘plab tashabbuslar muallifi sifatida Antoniu Guterrishning «Tinchlik uchun yangi kun tartibi»ni yaratish chaqirig‘iga katta e’tibor qaratadi".

"Bu yil tashkil topganining 100 yilligini nishonlayotgan Turkiya butun dunyoda tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash tashabbuslarini davom ettiradi".

"Turkiya rahbari Turkiya-Iroq taraqqiyot yo‘li loyihasi mintaqaviy integrasiyani mustahkamlashga hissa qo‘shishiga umid bildirdi".

"Turkiya ba’zi kuchlarning o‘z siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash uchun DAESh va boshqa terroristik guruhlardan qanday foydalanayotganini ko‘rishdan charchadi".

"Turkiya rahbari jahon hamjamiyatini Shimoliy Kipr Turk Respublikasi mustaqilligini tan olishga va bu davlat bilan diplomatik, siyosiy va iqtisodiy aloqalar o‘rnatishga chaqirdi".

"Zamonaviy, rivojlangan dunyoda 735 million odam ochlik bilan kurashayotganini hech qanday izohlab bo‘lmaydi".

Erdog‘an barcha mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar va nodavlat notijorat tashkilotlarini «Nol chiqindi» loyihasini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

"Nigerga har qanday harbiy aralashuv nafaqat bu mamlakatda, balki butun mintaqada vaziyatning beqarorlashishiga olib keladi".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!