Erdog‘an: “G‘azodagi vahshiyliklarining oldini olish eng muhim vazifalarimizdan biridir”

Erdog‘an: “G‘azodagi vahshiyliklarining oldini olish eng muhim vazifalarimizdan biridir”

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Islom Hamkorlik Tashkiloti axborot vazirlarining navbatdan tashqari yig‘ilishida videomurojaat yo‘lladi.

“Shu kungacha 30 mingdan ortiq falastinlik birodarimiz shafqatsizlarcha shahid bo‘ldi, 70 mingdan ortiq birodarimiz esa jarohat oldi”, dedi Erdog‘an.

U, shuningdek, erkin matbuotning ovozini o‘chirish maqsadida Isroil tomonidan o‘ldirilgan OAV xodimlari soni 100 dan ortganini ta’kidladi.

“G‘azodagi birodarlarimizga qarshi vahshiyliklarni e’lon qilish va Isroilning dezinformasiya harakatlarining oldini olish bizning eng muhim vazifalarimizdandir”, dedi Turkiya Prezidenti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!