Erdog‘an: "NATO Turkiyani terrorchilar bilan yakkama-yakka qoldirdi"

Erdog‘an: "NATO Turkiyani terrorchilar bilan yakkama-yakka qoldirdi"

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an NATOni alyans mamlakatga terrorizmga qarshi kurashda yetarlicha yordam bermayotganlikda aybladi.

Bu haqda "sputniknews-uz.com" yozmoqda.

“EI va NATO xavfsizligi bizning sharqiy chegaralarimizda boshlanadi. Biz NATO doirasida terrorizmga qarshi kurash hamkorligidan hech qachon voz kechmaganmiz. Nega NATO mamlakatlari bizni terrorizm bilan kurashda yolg‘iz qoldirmoqda? Kim, Turkiyadan tashqari, “Islom davlati”* bilan kurashmoqda”, - dedi Erdog‘an Anqaradagi chiqishi vaqtida. 

Shuningdek, u AQShni Turkiyada terrorchilik tashkiloti hisoblangan Suriya kurdlari kuchlariga harbiy yordam ko‘rsatishda aybladi.

“Minglab qurol-yarog‘ ortilgan yuk mashinalari, transport vositalari terrorchilik guruhlariga jo‘natilgan. Ular esa bulardan foydalanib, bizga qarshi urush boshladi. Biz NATOga a’zo mamlakat sifatida kurashdik, kurashyapmiz va kurashamiz”, - dedi Turkiya yetakchisi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!