"EOIIda ishlash”: migrantlar uchun yangi ilova ishga tushirildi

 "EOIIda ishlash”: migrantlar uchun yangi ilova ishga tushirildi

Bu ilova Yevroosiyo taraqqiyot bankining Raqamli tashabbuslar jamg‘armasi tomonidan ishga tushirildi. Dastur Minskda bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida taqdim etildi.

Ilova orqali YEOII va MDH davlatlari fuqarolari Rossiyada ishga joylashishda davlat va tijorat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Xizmatlarni YEOIIning boshqa davlatlarida ham yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

⚠️Ilovaning rus tilidagi segmentida allaqachon:

🔺 Kirish cheklovlari, STIR va sug‘urta tajribasini tekshirish
🔺 Mehnat inspeksiyasiga murojaat qilish
🔺 Ta’lim hujjatlarini tasdiqlash
🔺 Patent olish uchun ariza berish
🔺 Tibbiy sug‘urtani rasmiylashtirish
🔺 Ijaraga uy olish
🔺 Samolyot va poyezd uchun chiptalar xarid qilish
🔺 SIM-karta sotib olish funksiyalari mavjud.

Ilovani App Store va Google Play orqali yuklab olish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!