Enrike Iglesias og‘ir kasallikka chalinganini ma’lum qildi

Enrike Iglesias og‘ir kasallikka chalinganini ma’lum qildi

Enrike Iglesias sog‘lig‘idagi muammolar sabab bir qator chiqishlarini bekor qildi. Xonanda bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozgan.

Xonanda bir kun oldin pnevmoniyaning og‘ir darajasi tufayli uzoq ta’tilga chiqdi va Meksikadagi festivalda chiqishini bekor qilishga majbur bo‘ldi.

“Mening bugungi Meksikadagi namoyishim bekor qilinishi kerak edi. Menga pnevmoniya tashxisi qo‘yildi, shifokorlar to‘liq dam olishni talab qilishdi, menga parvoz qilish taqiqlandi. Men uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan mamlakatda namoyishlarimni bekor qilganimdan juda afsusdaman”,- dedi xonanda.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning aprel oyi oxirida Enrike 13 may kuni Meksikada konsert berishini e’lon qilgandi. Tadbir uchun esa barcha chiptalar sotilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!