Engil avtomobillar importi qariyb 7 mingtaga oshganligi ma’lum qilindi

Engil avtomobillar importi qariyb 7 mingtaga oshganligi ma’lum qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 460,9 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 18 821 ta yengil avtomobil import qilgan.

Engil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6750 taga oshgan.

Shuningdek, joriy yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 25 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan.

7 oyda O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

Xitoy – 7950 ta
Koreya – 5658 ta
Qozog‘iston – 3422 ta
Rossiya – 1283 ta
AQSh – 204 ta
BAA – 95 ta
Yaponiya – 78 ta
Germaniya – 53 ta


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!