Eng ko‘p qirg‘in keltirgan falokat​

Eng ko‘p qirg‘in keltirgan falokat​

56 kishining hayotiga zomin bo‘lgan Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari keyingi yuz yilda eng ko‘p qirg‘in keltirgan falokat sifatida qayd etildi. 

"Associated Press" xabarida aytilishicha, davom etayotgan yong‘inlar 1918 yilgi ming kishi qurbon bo‘lgan yong‘indan keyin eng ko‘p insonni nobud qilgan yong‘in bo‘ldi. Avvalroq, yong‘in 418 kvadrat kilometrni qamrab olgani, 7,6 mingta ob’ekt alanga ichida qolgani, 228 kishi bedarak yo‘qolgani aytilgan. 

"REGNUM" xabariga ko‘ra, Prezident Donald Tramp bugun Kaliforniyaga borib, falokat jabrdiydalari bilan uchrashishni rejalashtirgan. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Lindsi Uolters ma’lum qilgan.​​

O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!