Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro investisiya forumida BAAning Masdar kompaniyasi va Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi bilan shamol elektr stansiyasi va elektr energiyasini saqlash qurilmalarini qurish yuzasidan Energetika vazirligi shartnomalar imzolagandi. Bu kelishuvlar hech qanday tendersiz amalga oshirilgan. Nima uchun bitimlar tanlovsiz o‘tkazilayotgani bo‘yicha energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov “Daryo”ga izoh berdi.
Umid Mamadaminovning aytishicha, o‘tgan 2023 yilda Energetika vazirligiga qisqa muddatda katta miqdordagi ishlab chiqarish quvvatini ishga tushirish bo‘yicha topshiriq tushgan.
Agar hozir xalqaro moliya institutlarini yollaydigan bo‘lsak, tender o‘tkaziladigan bo‘lsa, tenderdan avval texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish talab etiladi. Bunga bir yil vaqt ketadi. Konsultant yollashni o‘ziga 6 oy ketadi. Tender o‘tkazilguncha 2 yil o‘tib ketadi. Ana undan keyin tender jarayoni bo‘ladi va qurilish ishlari boshlanadi, — dedi energetika vaziri o‘rinbosari.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Energetika vazirligi bozordagi eng yirik ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borib, eng past va maqbul narxlarni tanlab, ularni qisqa muddatda ishga tushirishni rejalashtirgan.
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro investisiya forumida tuzilgan shartnomalar:
O‘zbekistonda bir nechta elektr stansiyalar qurib kelayotgan Birlashgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyasi forum davomida Samarqand, Jizzax va Navoiy viloyatlarida energiya saqlash tizimlarini qurish (elektr energiyasini sotib olish) bo‘yicha “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati bilan bitim;
ACWA Power kompaniyasi (Saudiya Arabistoni) bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida quvvati 5 GVt shamol elektr stansiyasini hamda quvvati 2 GVt bo‘lgan elektr energiyasini saqlash qurilmalarini qurish (6,2 mlrd dollar);
Amea Power kompaniyasi (BAA) bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida quvvati 1000 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish (1,1 mlrd dollar).
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.
Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.
Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.
Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.