Endi qisqa o‘quv kurslari sertifikatlarini xorijiy tilga tarjima qildirish shart emas

Endi qisqa o‘quv kurslari sertifikatlarini xorijiy tilga tarjima qildirish shart emas

Hukumat qarori bilan professional ta’lim muassasalarida qo‘shimcha kvalifikasiyalar bo‘yicha 6 oygacha bo‘lgan qisqa o‘quv kurslari orqali o‘qigan fuqarolarga beriladigan davlat namunasidagi sertifikatning yangi tahriri tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra ikki oy muddatda:

➖kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlarda qo‘shimcha kvalifikasiyani egallash bo‘yicha beriladigan yangi namunadagi sertifikat bir vaqtning o‘zida o‘zbek, rus va ingliz tillarida bo‘ladi;

➖shu bilan birga sertifikat elektron shakllarini QR-kod yordamida olish ham mumkin.

Natijada fuqarolar xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida ortiqcha ovvoragarchiliksiz ushbu sertifikatdan foydalana oladi.

Ma’lumot uchun: bugungi kunda 255 ta professional ta’lim muassasalarida 24 ming nafarga yaqin fuqaro 102 turdagi kasb bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qitilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!