Elena Zelenskaya: "O‘zimni parallel voqelikda, uxlayotgandek his qildim"

Elena Zelenskaya: "O‘zimni parallel voqelikda, uxlayotgandek his qildim"

Ukrainaning birinchi xonimi Yelena Zelenskaya The Guardian nashriga intervyu berdi va quyidagilar haqida so‘z yuritdi:

Urushning birinchi kunida:

O‘zimni parallel voqelikda, uxlayotgandek his qildim... Kun bo‘yi yuzimda g‘alati tabassum paydo bo‘ldi, chunki bolalarga vahima ko‘rsatmaslikka harakat qildim. Biz faqat qo‘riqchilarning buyrug‘ini bajardik, aytilgan joyga bordik.

Turmush o‘rtog‘i haqida:

U men bilgan har doim o‘z maqsadiga erishadigan va boshqalarni ilhomlantiruvchi kam sonli odamlardan biri. Intizom uning ikkinchi ismidir. Men uning psixologik salomatligi haqida emas, balki jismoniy salomatligi uchun qayg‘uraman – u har doim qiyin davrlarda maqsadiga erishganidan so‘ng kasal bo‘lib qoladi.

Uning oilasiga suiqasd qilish tahdidi haqida:

Ular (ehtimol, rus harbiylari) sodir etgan bu dahshatli jinoyatlarni ko‘rganingizda, haqiqatdan ham ular hamma narsaga qodir deb o‘ylaysiz.

Urush boshlanganidan keyin Zelenskiy bilan birinchi uchrashuvi haqida:

Biz quchoqlashib, salomlashdik va hol-ahvol so‘radik. Bolalar yonida, bir muddat unga yopishib qolishdi. Endi biz bir-birimizni ko‘rishimiz va ular otalariga jismonan bog‘lanishlari mumkin, bu vaziyatni biroz osonlashtiradi... Biz tez-tez ko‘rishamiz deb umid qilgandik, lekin hozircha bu mumkin emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!