“El-klasiko”ni boshqarib boradigan hakamlar guruhi ma’lum bo‘ldi

“El-klasiko”ni boshqarib boradigan hakamlar guruhi ma’lum bo‘ldi

Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 32-turida “Real” va “Barselona” o‘zaro to‘qnash keladi.

Chempionlik uchun kurashayotgan jamoalar o‘rtasidagi bahs 21 apreldan 22 aprelga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi.

Uchrashuvni Soto Grado boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. VARda esa Xose Maria Sanches ishlaydi.

“Real” ortda qolgan 31 turdan so‘ng 78 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. “Barselona” esa 70 ochko bilan uni quvishda davom etmoqda.

Shu haftada ikkala jamoa ham Chempionlar Ligasi chorak finalida ishtirok etdi. “Barselona” “PSJ”ga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etgan bo‘lsa, “Real” penaltilar seriyasida “Manchester Siti”ni mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!