Ekvadorda shaxta yaqinida to‘qnashuvda besh kishi halok bo‘ldi

Ekvadorda shaxta yaqinida to‘qnashuvda besh kishi halok bo‘ldi

Ekvador janubidagi shaxta yaqinida jinoiy guruh to‘qnashuvi oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi jarohat oldi.

Bu haqda mamlakat polisiyasi X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

«Seshanba kuni ertalab uyushgan jinoiy guruhlar a’zolari o‘rtasidagi to‘qnashuv Azuay provinsiyasidagi Kamilo-Ponse Anrikes kantonidagi konda besh kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Uch kishi jarohat oldi», — deyiladi xabarda.

Huquq-tartibot idoralari hodisaga aloqadorlarni qidirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!