Ektor Kuper hech qayerga ketmaydi

Ektor Kuper hech qayerga ketmaydi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper terma O‘zbekiston terma jamoasini tark etmasligi ma’lum bo‘ldi.
 
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, murabbiyga chetdan hech qanday taklif bo‘lmagan va Kuper O‘zbekiston MTJdagi faoliyatini davom ettiradi.
 
Ektor Kuper terma jamoa bilan 3+1 yillik shartnoma imzolagan. U terma jamoamiz bilan Osiyo kubogi va Jahon chempionati saralashida ishtirok etadi.
 
Ma’lumot uchun, O‘FA milliy terma jamoa bu safargi Jahon chempionati saralashida har qanday natijadan qat’i nazar faqatgina bitta murabbiy bilan qatnashishini ma’lum qilgan edi.
 
Ta’kidlash joizki, kecha, 1 oktyabr kuni ijtimoiy saytlarda Ektor Kuper Ispaniyaning “UYEska” klubiga ketishi haqidagi gap-so‘zlar tarqalgan edi. Bu gap-so‘zlarga Ispaniyaning “Marca” nashrining “Ueska” jamoasi bosh murabbiyi Leo Franko o‘rnini tez kunda Ektor Kuper egallashi haqidagi xabari sabab bo‘lgandi.
 
Oxir-oqibatda bu xabar asossiz ekani ma’lum bo‘ldi va Ektor Kuper O‘zbekiston MTJdagi faoliyatini davom ettiradi.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!