Eksklyuziv foto: Ichki ishlar organlari xodimlari uchun yangi formalar

Eksklyuziv foto: Ichki ishlar organlari xodimlari uchun yangi formalar

USUR Technical Textile Investment kompaniyasi Kun.uz ga ichki ishlar organlari xodimlari uchun tayyorlangan yangi formalar katalogini taqdim etdi.

Kompaniya vakili Oybek Kurbanovning aytishicha, yangi formalar dizayni Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

2017 yilda O‘zbekistonda ichki ishlar organlari xodimlari uchun yangi ko‘rinishdagi formalar tayyorlash ehtiyoji paydo bo‘ldi. Turkiya prezidentining ushbu mamlakatga tashrifidan keyin, O‘zbekiston bu bo‘yicha loyihada xorijiy hamkor sifatida shu kompaniyani tanlagandi. Kompaniyani ko‘p joylarda bilishadi. Dizaynerlar NASA uchun ham formalar tayyorlaydi , degan Oybek Kurbanov.

Uning qayd etishicha, dizayn ishlab chiqilishida ham milliy, ham xalqaro standartlar hisobga olingan.

Dizaynerlar klassik, ofis uchun, kamufulyaj va dala hududi uchun ishchi formalar (mavsumlar uchun alohida) tayyorlashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!