Ekologiya vazirligi Toshkent shahri atmosfera havosi ifloslanishi yuzasidan ma’lumot berdi

A A A
Ekologiya vazirligi Toshkent shahri atmosfera havosi ifloslanishi yuzasidan ma’lumot berdi

Bugungi kunda dunyoning yirik shaharlarida, jumladan, Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanish darajasi ortib borayotgani kuzatilmoqda. Bunga tabiiy va antropogen omillar sabab bo‘lmoqda.
Xususan, poytaxt atmosfera havosining ifloslanishiga quyidagi omillar ta’sir etmoqda. Jumladan:

1. Toshkentda yashil hudud kamaygan. Jumladan, daraxtlar va butalarning kesilishiga e’lon qilingan moratoriy davrida 49 mingga yaqin daraxtlar noqonuniy kesilgan.

2. Shaharsozlik bosh rejalari tasdiqlanmasdan, qurilish ishlari betartib amalga oshirilmoqda. Xususan, Toshkent shahrida bir necha marotaba qurilish ishlarini amalga oshirmaslik bo‘yicha moratoriy e’lon qilingan bo‘lsada, qurilishlar hanuzgacha davom etmoqda.

3. Avtotransport vositalari soni ortib bormoqda. Transport vositalarining ekologik darajasi, foydalanilayotgan yoqilg‘i va yo‘l harakatini tashkil etish sifatiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Jumladan,Respublika bo‘yicha avtomobillar soni 2021 yilda 3,14 mln donani tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilda ularning soni 4,6 mln donaga yetdi. Bugungi kunda Toshkent shahrida bir kunda o‘rtacha 730 mingta avtotransport vositasi harakatlansa, qo‘shimcha ravishda hududlardan 160 mingdan 300 minggacha avtotransport vositasi kirib kelmoqda. Xalqaro standartlarga to‘g‘ri kelmaydigan A-80 markali benzindan foydalanayotgan texnika vositalari esa atmosferaga me’yoridan ortiq zararli tashlamalar chiqarmoqda.

4. Shaharlarda transport va piyodalar oqimining kesishmalari soni kamaytirilmagan, magistrallardagi yuklama darajasi pasaytirilmagan, transport oqimi tarkibini, tezlik rejimini tartibga solish sikli optimallashtirilmagan, yo‘l harakatini to‘g‘ri tashkil etilmagan. Natijada Toshkent shahrida tirbandlik holatlari ko‘p kuzatilmoqda. Tirbandlikda to‘xtab turgan avtomobil esa harakatlanayotgan avtomobilga nisbatan atmosferaga ko‘proq tashlama chiqaradi.

5. Iqtisodiyot tarmoqlari va aholining energiya resurslariga bo‘lgan talabi ortishi natijasida uglevodorodlardan, jumladan, ko‘mir yoqilg‘isidan foydalanish hajmi ortmoqda. Xususan, 2019 yilda 3,9 mln tonna ko‘mir yoqilg‘isidan foydalanilgan bo‘lsa, 2022 yilda bu raqam 5,3 mln tonnaga, 2023 yil yakuniga ko‘ra esa 6,7 mln tonnaga yetgan. Ko‘mir yoqilg‘isini qazib olish, tashishdan to foydalanishgacha bo‘lgan jarayonda ajralib chiquvchi ifloslantiruvchi moddalar esa atrof-muhit, jumladan, atmosfera havosi, tuproq va suv resurslarining ifloslanishiga olib kelmoqda.

Ma’lumot uchun, 10 tonna ko‘mir yoqilg‘isi yoqilganida atmosfera havosiga 220 kg qurum, 360 kg oltingugurd II oksidi, 64 kg uglerod oksidi, 16 kg azot II oksidi va 2 tonna kul chiqindisi ajralib chiqadi.

6. Kuz-qish mavsumida aholiga markazlashgan issiqlik yetkazib berish uchun mavjud Issiqlik markazlari tomonidan qo‘shimcha yoqilg‘i sifatida mazut yoqilg‘isidan foydalanish atmosfera havosining keskin ifloslanishiga hamda aholini e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, birgina Toshkent shahridagi mavjud 6 ta issiqlik markazlarining 9 ta qozonxonalarida dekabr oyida 3 ming tonna mazut yoqilg‘isidan foydalanilgan.

7. Toshkent havosi ifloslanishiga shamol yo‘nalishi va tezligi, havo harorati, quyosh radiasiyasi, atmosfera yog‘inlarining miqdori va davomiyligi, harorat inversiyalari (vertikal bo‘yicha aralash zarralarning tarqalib ketishiga to‘sqinlik qiluvchi iliq havo qatlami) va boshqa tabiiy omillar ham sabab bo‘lmoqda. Toshkent shahri tog‘lar bilan o‘ralgan va chuqurlikda joylashgan. Shu sababli shamol aylanmasligi hisobiga chang havo oqimi shaharda turib, dimlanib qoladi va tabiiy yo‘l bilan chiqib ketmaydi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda Ekologiya vazirligi tomonidan respublika hududida atmosfera havosini muhofaza qilish borasida qator ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Jumladan, atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha 1- va 2-toifali sanoat korxonalarida chang-gaz tozalash uskunalari o‘rnatiladi, mavjudlari rekonstruksiya hamda modernizasiya qilinadi.

Shuningdek, mazkur hududlarda atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni kuzatish postlari joriy etiladi, atrof-muhit monitoringini amalga oshirish uchun esa avtomatik stansiyalar o‘rnatiladi. Bu o‘z navbatida atrof-muhit holatlarini raqamlashtirish orqali sanoat korxonalaridan chiqayotgan zararli moddalarni kuzatish, tahlil qilish, bartaraf etish va ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga imkon beradi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida atmosfera havosiga ko‘rsatilayotgan salbiy oqibatlarni kamaytirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish taklif qilinmoqda:

— «Evro-4» standartidan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘idan (AI-80 rusumli benzin) foydalanishni taqiqlash;

— avtotransport vositalari tirbandligini kamaytirish va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshkent shahri hududida kunning tig‘iz vaqtlarida (ertalabki soat 07:00 dan10:00 ga qadar va 17:00 dan 20:00 ga qadar) yuk tashish uchun mo‘ljallangan, vazni 3,5 va 12 tonnadan ortiq transport vositalarini harakatini cheklash;

— 2010 yilgacha ishlab chiqarilgan barcha toifadagi avtotransport vositalari harakatlanishini taqiqlash, avtotransport vositalari egalariga zamonaviy avtotransport vositalariga o‘tish uchun (elektro-mobil) imtiyozlar, pereferensiyalar va subsidiyalar berishni yo‘lga qo‘yish;

— so‘nggi yillarda avtomobil yo‘llarida yuzaga kelayotgan tirbandliklarni kamaytirish maqsadida tajriba tariqasida avtomobillar harakatini maqbullashtirish uchun avtomobillarni «toq va juft» kunlarda boshqarish qoidasini joriy etish;

— shaharning diqqatga sazovor markaziy ko‘chalarida avtotransport vositalaridan xoli hududlarni tashkil qilish;

— jamoat transportini to‘liq elektr, gaz-ballon yoqilg‘isi va boshqa muqobil yoqilg‘i turlariga o‘tkazish, shuningdek, yo‘l infratuzilmasini tashkil etish;

— barcha turdagi qurilish ob’ektlarini (ijtimoiy va davlat ahamiyatiga oid ob’ektlar bundan mustasno) qurishga moratoriy e’lon qilish;

Toshkent viloyatining Toshkent shahriga tutash tumanlarida sanoat maqsadlarida ko‘mir yoqilg‘isidan foydalanishni taqiqlash;

— mikroiqlim mo‘’tadilligini ta’minlash, atmosfera havosi sifatiga ijobiy ta’sir etish maqsadida sun’iy suv havzalarini barpo etish;

Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan Issiqlik markazlarida zaxira yoqilg‘isi sifatida mazutdan foydalanishni keskin taqiqlash;

— ilmiy va puxta ishlangan xulosalar asosida shamol tezligini pasaytirish, tuproq zarralari ko‘chishining oldini olish maqsadida Toshkent shahri atrofida «yashil belbog‘»lar barpo etish;

— atmosfera havosining sifat ko‘rsatkichini doimiy e’lon qilib boradigan tablo va monitorlar o‘rnatish.

Bugungi kunda «Zamin» xalqaro jamoat fondi bilan hamkorlikda Respublikada atmosfera havosi ifloslanishini avtomatlashtirilgan tizim orqali monitoring qilish loyihasi o‘rnatilgan 8 ta avtomatik meteostansiyalarni xalqaro iQAIR portaliga integrasiya qilish bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, I bosqichda 2022 yilda Toshkent shahridagi 2 stansiya to‘liq integrasiya qilindi. II bosqichda esa 2023 yilda qo‘shimcha 6 ta (Sirdaryo, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, Jizzax viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi) stansiya to‘liq integrasiya qilindi.

2024 yil 11 yanvar holatiga ko‘ra, xalqaro portalda jami 8 ta stansiya ma’lumoti berib borilmoqda. Mazkur stansiyalardagi ma’lumotlar www.iqair.com portalidan tashqari, monitoring.meteo.uz portalida ham aks etmoqda. Shu bilan birga, mazkur portalning AirUz mobil ilovasi Google Market va AppStore marketlarida ham joylashtirilgan.

III bosqichda 2024 yilning 1-yarim yilligiga qadar yana 6 ta stansiya (Toshkent, Nurafshon, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Navoiy, Buxoro hamda Qarshi) integrasiya qilinishi va yakuniy bosqichda Respublika bo‘yicha jami o‘rnatilgan stansiyalar sonini 16 taga yetkazish rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

APL uchun dahshatli tush: «Manchester Siti» chempion bo‘lsa-da, kubok «Arsenal»ga topshirilishi mumkin

Англия Премьер-лигасида чемпионлик пойгаси кутилмаган ва «ноқулай» вазиятга яқинлашмоқда.

Zo'r TV bugun «Barselona» va «Manchester Siti» ishtirokidagi o‘yinlarni jonli translyasiya qiladi

Zo'r TV телеканали бугун — 2026 йил 25-апрель, шанба куни қуйидаги кўрсатув ва трансляцияларни эфирга узатишни режалаштирган.

Gvardiola himoyachisining o‘yinidan hayratda: «U dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanmoqda»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола жамоа ярим ҳимоячиси Матеус Нунеснинг янги позициядаги ҳаракатларига юқори баҳо берди.

Samarqandda ikki nafar qiz vasiysi tomonidan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikka uchradi

Болаларга етказилган тан жароҳати даражасини аниқлаш юзасидан суд-тиббиёт экспертиза тайинланган.

Ekspert Husanovni “Real” yulduzidan yuqori baholadi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов айни пайтда фаолиятидаги сезиларли ўсишни намойиш қилмоқда.

«Real» Mbappe bilan xayrlashadimi?

Матбуотда Мадриднинг «Реал» клубидаги ички муҳит билан боғлиқ муаммолар ҳақида яна хабарлар пайдо бўлмоқда.

Abduqodir Husanov "Olimpiya shaharchasi"dagi infratuzilma bilan tanishdi

Спорт вазирлиги, Миллий Олимпия ва Паралимпия қўмиталари раҳбарияти футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Англиянинг “Манчестер Сити” клуби ўйинчиси Абдуқодир Ҳусанов ҳамда отаси билан учрашиб, унинг яқин даврдаги режалари хусусида суҳбатлашди.

Ronaldu jamoasiga yana bir megayulduz keladi

Ҳужумчи Муҳаммад Салоҳ мавсум якунида «Ливерпуль»ни тарк этади. Бу ҳақда бир мунча вақт олдин расман эълон қилинган эди.

Mojtaba Xomanaiy Putinga maktub yo‘llagani ma’lum bo‘ldi

РФ раҳбари бу ҳақда Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арагчи билан учрашувда маълум қилди.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Tramp Putinga javob berdi: avval Ukraina, keyin Eron

АҚШ президенти Дональд Трамп Россия президенти Владимир Путин билан телефон суҳбатида Украинада ўт очишни тўхтатиш масаласини муҳокама қилганини билдирди.

Andijonda mahalla raisi va hokim yordamchisi ushlandi

Ҳозирда уларга нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Farg‘onada pedagog ayol ayovsiz kaltaklandi

Мазкур ҳолат шу куннинг ўзида туман ИИБ томонидан тегишли тартибда қайд этилган. Фуқаро Г.Х. нинг олган тан жароҳати оғирлик даражасини аниқлаш учун суд-тиббий экспертизаси тайинланди

Rossiya-Ukraina urushiga yollanganlar ichida eng ko‘p o‘zbekistonliklar halok bo‘lmoqda

Тадқиқотда 2022 йилдан буён Россия камида 130 дан ортиқ давлат фуқароларини ҳарбий хизматга жалб қилгани айтилади.

Ukrainadan “olib chiqilgan” don ortilgan kema Isroil portiga kiritilmadi

Украина томонининг даъвосига кўра, Россия томонидан Украинадан олиб чиқилган донни ташиган кема Исроил портига киритилмади ва орқага қайтарилди.

Dahshat: Sirdaryoda ikkinchi xotin bo‘lgan ayol erining qonuniy xotini va uning qizini pichoqlab o‘ldirdi

Гумонланувчи аёл қўлга олинган, тергов прокуратура томонидан олиб борилмоқда.

Toshkentda “Musodara tovarlar” kanali ma’muri ushlandi

У ишонч қозониш учун расмий логотиплар ва сохта ҳужжатлардан ҳам фойдаланган.

Nepalda jarlikka qulagan jip halokati qurbonlari soni 20 nafarga yetdi

Маълумотларга кўра, ҳодиса Ролпа туманидаги Джалджала ҳудудида содир бўлган. Автомобил Шарқий Рукумдан келаётган зиёратчиларни олиб кетаётган бўлган ва тоғли ҳудудда йўлдан чиқиб, тахминан 800 метр баландликдан қулаган.

G‘azoda o‘t ochish to‘xtatilganidan beri bolalar ahvoli qanday kechdi ?

2025 йил 10 октябрдан кучга кирган ўт очишни тўхтатишдан сўнг:

Turkiy Madaniyat va Meros Jamg‘armasi Prezidenti hamda Gaziantep Katta Shahar Hokimi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2026 йил 27 апрель куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси Президенти, профессор Актоти Раимқулова хонимнинг Туркиянинг Газиантеп шаҳрига амалга оширган хизмат сафари доирасида Газиантеп Катта Шаҳар ҳокими Фотма Шаҳин хоним билан учрашув бўлиб ўтди.

Denovdagi qotillik yuzasidan 4 kishi qo‘lga olindi

Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.

2 viloyatda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi

Автомашина холислар иштирокида кўздан кечирилганда, унинг мотор қисмидаги ҳаво фильтри остига яшириб қўйилган 993 гр “опий” моддаси процессуал тартибда расмийлаштириб олинди.

Isroil hujumi Livanda bir oilaning 5 a’zosini halok qildi

Исроил томонидан амалга оширилган ҳаво зарбаси натижасида Ливанда бир оиланинг 5 нафар аъзоси ҳалок бўлди.

Fransiya fuqarolarini Malini zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Расмий Париж баёнотида мамлакатдаги хавфсизлик вазияти “ўта беқарор” деб баҳоланган.

“G‘arbiy Yevropa Zelenskiyning “yadroviy shantaji” qurboniga aylanishi mumkin”

РФ ТИВ вакили Мария Захарова Украин режими раҳбарининг ядро қуроли ҳақидаги баёнотларига муносабат билдирди.

Pentagon: AQSh Eronga qarshi operasiyaga 25 mlrd dollar sarfladi

Бу ҳақда Пентагон вакили Жюль Хёрст маълум қилди.

Ukraina dronlari Perm o‘lkasi va Orenburg viloyatiga hujum qildi

Маълумотларга кўра, Орск шаҳридаги "Орскнефтеоргсинтез" нефтни қайта ишлаш заводига ҳам ҳужум қилинган.

14 yoshli qizga shilqimlik qilgan PPX xodimi ishdan olindi. IIV holatni tekshirmoqda

Қизнинг акаси автомобилнинг давлат рақами 10 R077MB бўлганини, рулда эса ППХ ходими ўтирганини айтган.

Evropa Ittifoqi Ukrainadagi mojaroni cho‘zmoqda, Rossiya esa kuchaymoqda

Бу фикрни британлик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркурис YouTube’даги чиқишида билдирди.

Ziroat Mirziyoyeva Xivaning yangi yashil jamoat makonini barpo etishda ishtirok etdi

Яқин-яқингача бўш турган қарийб 8 гектарлик майдонга ҳудуднинг табиий-иқлим шароитидан келиб чиқиб танланган 3 минг тупдан ортиқ дарахт ва ўсимлик кўчатлари ўтқазилмоқда.

Toshkentda yuk poyezdi 22 yoshli yigitni urib yubordi

Машинист темир йўлдаги одамни тахминан 500 метр масофадан пайқаган, бироқ поездни тўхтатишга улгурмаган.

Andijonda “Haj” ziyoratiga yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Тезкор тадбирда, у олдиндан 9 минг доллар олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

NATO sammitlari qisqaradimi? Ittifoq ichidagi ziddiyatlar ortida yangi reja

Бу ҳақда Reuters манбаларга таяниб хабар берди.

Isroil Livanda hujumlarni kuchaytirdi: “Hizbulloh” ob’ektlari yo‘q qilinmoqda

Исроил армияси Ливан жанубидаги амалиётларини давом эттириб, “Ҳизбуллоҳ” позицияларига навбатдаги зарбалар берди.

Slovakiya YEIga qarshi: Rossiya gaziga taqiq ustidan sudga shikoyat qildi

Бу ҳақда мамлакат Адлия вазирлиги маълум қилди.