Ekaterina Shubina Olimpiya yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Ekaterina Shubina Olimpiya yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Yaponiyada baydarkada eshkak eshish bo‘yicha lisenzion Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda va unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Musobaqaning 500 metr masofaga kechgan yakkalik dasturida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Yekaterina Shubina kumush medalga sazovor bo‘ldi va bu orqali «Parij-2024» Olimpiadasiga yo‘l oldi. Shu tariqa O‘zbekiston Olimpiya delegasiyasi hisobidagi yo‘llanmalar soni 29 taga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha kvalifikasion Osiyo chempionatida Denis Onufriyev, Shahrizoda Mavlonova turli masofalarga yakkalikda eshkak eshishda marraga ikkinchi bo‘lib, Elyorjon Mamadaliyev esa uchinchi bo‘lib yetib keldi. Juftliklar orasidagi turli yo‘nalishda Yekaterina Shubina/Arina Tanatmisheva tandemi kumush, Artur Guliyev/Vladlen Denisov dueti bronza medaliga ega chiqdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!