EI Venesuela muxolifatini ta’qib qilishni to‘xtatishga chaqirmoqda
Evropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel muxolifatdan prezidentlikka nomzod o‘z mamlakatini Ispaniyaga tark etishga majbur bo‘lganidan keyin "Venesuelada demokratiya uchun qora kun" haqida gapirdi.
Evropa Ittifoqi Venesuela hukumatidan muxolifat va fuqarolik jamiyatiga qarshi repressiyalar, o‘zboshimchalik bilan hibsga olish va ta’qiblarni to‘xtatishi hamda barcha siyosiy mahbuslarni ozod etishini talab qilmoqda", — deyiladi bayonotda.
Borrell, mustaqil manbalarga ko‘ra, Gonsales prezidentlik saylovida mutlaq ko‘pchilik ovoz bilan g‘alaba qozonganini eslatdi.
Edmundo Gonsales 8 sentyabr kuni Ispaniyaga uchib ketdi. Bungacha siyosatchi bir necha kun Ispaniyaning Karakasdagi elchixonasida bo‘lib, u yerda siyosiy boshpana so‘ragan. Gonsalesning ketishiga Karakas prokuraturasi uni hibsga olish uchun order bergani sabab bo‘lgan. U 28 iyul kuni mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovidan keyingi ommaviy norozilik namoyishlari fonida “hokimiyatni tortib olish” va “isyonga undaganlik”da ayblangan.