Eddi Xirn: "Isroil, Kroufordning yuragini sindirish vaqti keldi"

Eddi Xirn: "Isroil, Kroufordning yuragini sindirish vaqti keldi"

Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn amerikalik Terens Krouford hamda super yarimo‘rta vaznda WBA yo‘nalishi chempioni Isroil Madrimov o‘rtasidagi bo‘lajak jangga to‘xtaldi.

"Har bir jangchi vaqti kelib qariydi. Har bir bokschi bir yoki ikkita vazn toifasiga ko‘tariladi. Bu safar ham vazn ko‘tarilishi ish beradimi? Madrimov ajoyib oyoq harakatlariga ega. U qiyin, shu bilan birga ajoyib himoyaga ega. U juda-juda qattiq va kuchli zarbaga ega.

Krouford daho ekanligini hammamiz tushunamiz. U birinchi yarimo‘rta vaznda, yarimo‘rta vazn va endi super yarimo‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo‘lishni xohlamoqda. Ammo uning yuragini sindirish vaqti keldi", dedi Xirn.

Ma’lumot uchun, Madrimov - Krouford jangi 3 avgust kuni AQShning Los-Anjeles shahrida o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!