ECHL. "Real" yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)
"Real" o‘z maydonida Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 7-turidan o‘rin olgan "Monako"ga qarshi bahsda yirik hisobda g‘alaba qozondi - 6:1.
"Real" (15 ochko) Chempionlar Ligasi umumiy turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Monako" (9 ochko) 20-o‘rinda bormoqda.
Keyingi turda monakoliklar o‘z maydonida "Yuventus"ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 28 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. "Real" shu kuni "Benfika" mehmoni bo‘ladi.
Real - Monako - 6:1
Gollar: Mbappe, 5 (1:0). Mbappe, 26 (2:0). Mastantuono, 51 (3:0). Kerer, 55 - o‘z darvozasiga (4:0). Vinisius Junior, 63 (5:0). Teze, 72 (5:1). Bellingem, 80 (6:1)
Real: Kurtua, Raul Asensio (Sebalyos, 46), Xeysen, Kamavinga (Karvaxal, 76), Valverde (Meso, 83), Tchuameni, Bellingem, Arda Gyuler (F. Garsiya, 76), Vinisius Junior, Mastantuono (G. Garsiya, 71), Mbappe
Monako: Ken, Dayer, Kerer, Kayyu Enrike, Vanderson (Uttara, 61), Teze, Zakariya (Bamba, 73), Fati (Kulibali, 61), Golovin (Mishal, 84), Akliush, Balogun (Ilenixenya, 73)
Ogohlantirishlar: Bellingem, 44 - Zakariya, 33
