Notariuslar tomonidan ijro xatlarini yozish tartibi belgilandi
Adliya vazirligi “Notariuslar tomonidan ijro xatlarini yozish tartibi to‘g‘risida”gi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami: 3757-son, 19.01.2026 y.).
📝 Nizomga ko‘ra, ijro xati notarial idora binosida, videokonferensaloqa orqali, elektron shaklda yoki murojaat qiluvchilarning xohishiga ko‘ra sayyor tartibda yoziladi.
🎙 Ijro xati videokonferensaloqa orqali yozilganda, uning tasdiqlovchi yozuvida bu haqida ko‘rsatiladi hamda yozish jarayoni notarius tomonidan majburiy audio va videoda qayd etiladi.
📜 Ijro xati quyidagi hollarda yoziladi:
🔹 taqdim etilgan hujjatlar qarzdorning undirib oluvchidan qarzdor ekanligi yoki boshqa majburiyatini shubhasiz tasdiqlasa;
🔹 majburiyat bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganda da’vo qilish huquqi vujudga kelgan kundan boshlab 3 yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lmasa.
🗒 Notariuslar tomonidan BHMning 1000 baravarigacha bo‘lgan ayrim fuqarolik-huquqiy nizosiz talablar bo‘yicha ham ijro xati yoziladi.
⌛️ Ijro xati, agar qonunchilikda boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, u yozilgan kundan boshlab 3 yil muddat ichida majburiy ijro uchun taqdim etilishi mumkin.
