ECHL. "Real" "Manchester Siti"ni yengib, finalga chiqdi

ECHL. "Real" "Manchester Siti"ni yengib, finalga chiqdi

"Real" YECHL yarim finali javob o‘yinida "Manchester Siti"ni mag‘lubiyatga uchratdi.

Birinchi o‘yinda "shaharliklar" 4-3 hisobida g‘alaba qozongandi.

Javob o‘yinida dastlab Gvardiola shogirdlari hisobni ochdi. Bu esa "Real"dan kamida ikkita gol urishni talab qilardi. Karlo Anchelotti zaxiradan bir nechta futbolchilarni, xususan, Rodrigoni tushirdi. Rodrigo esa o‘yinning oxirlarida ikkita gol urib, umumiy muvozanatni tikladi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda esa yana o‘sha qahramon — Karim Benzema penalti ishladi va o‘zi bu imkoniyatni golga aylantirdi.

Yakunda "Real" 3-1 hisobida g‘alaba qozondi, umumiy hisob esa 6-5. "Real" finalda!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!