Joriy yilning 14-16 fevral kunlari Germaniyada «Ko‘p qutblilik» shiori ostida 61-Myunxen xavfsizlik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Har yilgi jahon forumi 60 ga yaqin davlat va hukumat rahbarlari, 150 dan ortiq tashqi ishlar hamda mudofaa vazirlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar rahbarlarini to‘pladi. Konferensiyada jami 800 dan ziyod kishi, jumladan, ekspertlar, biznes va nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov Myunxen konferensiyasi doirasida o‘tkazilgan «Kaspiy muammosi: Yevroosiyo xavfsizligida iqlim va mojarolarni qayta ko‘rib chiqish» ("Caspian Conundrum: Rethinking Climate and Conflict in Eurasian Security") mavzusidagi tadbirda asosiy ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi. U o‘z nutqida asosiy e’tiborni bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasi duch kelayotgan iqlim muammolariga qaratdi.
Ekspert mintaqaning iqlim o‘zgarishlariga eng zaif hududlardan biri ekanligini ta’kidladi. So‘nggi 30 yil ichida bu yerda harorat jahon bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan ikki barobar tezroq ko‘tarilib, Selsiy shkalasi bo‘yicha 1,5 darajaga oshgan. Bu vaqt ichida global harorat ko‘rsatkichi esa 0,7 darajani tashkil etgan.
Shu munosabat bilan E.Aripov iqlim o‘zgarishlari Markaziy Osiyo davlatlari uchun jiddiy xavf tug‘dirayotganini ta’kidladi. U asosiy omillar sifatida yerlarning jadal degradasiyasi (hududning 37 foizi zarar ko‘rgan), muzliklarning intensiv erishi (ularning hajmi so‘nggi 50-60 yil ichida 30 foizga kamaygan) va suv tanqisligining kuchayishini ta’kidladi. Mintaqa aholisining 2050 yilga kelib 100 million kishigacha o‘sishi kutilayotgani vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda. Jahon banki prognoziga ko‘ra, ushbu omillarning umumiy ta’siri mintaqada qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligining 30 foizga pasayishiga olib kelishi mumkin.
SMTI direktori ta’kidlashicha, bu jiddiy muammolarga qaramay, Markaziy Osiyo mamlakatlari uzoq vaqt davomida ekologik muammolarni birgalikda hal etish uchun birlashishga tayyor bo‘lmagan edi. Biroq bugun vaziyat tubdan o‘zgardi: shubha-gumonlar va nosog‘lom raqobat o‘rnini ishonch, o‘zaro tushunish va mintaqaning umumiy muammolariga birgalikda yechim izlashga intilish egalladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida «qo‘shnilar bilan muammosiz munosabatda bo‘lish» tamoyilini e’lon qilgan O‘zbekistonning yangi tashqi siyosiy kursi bu borada salmoqli rol o‘ynagani ta’kidlandi. Bu mintaqani jipslashtirishning asosiy omili bo‘lib, davlatlararo hamkorlikning noyob modelini shakllantirishga xizmat qildi.
Eldor Aripov iqlim o‘zgarishi va suv resurslari taqchilligi kabi masalalar bugungi kunda mintaqaviy hamkorlikni rag‘batlantiruvchi asosiy omil ekanligini ta’kidladi. Mintaqada iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha harakatlarni samarali muvofiqlashtirish maqsadida suv-iqlim muloqoti yo‘lga qo‘yildi, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) tashkil etildi, Markaziy Osiyo uchun «Yashil kun tartibi» mintaqaviy dasturi tasdiqlandi hamda iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha mintaqaviy strategiya qabul qilindi.
Shu bilan bir qatorda, mamlakatlar xalqaro maydonlarda o‘z harakatlarini muvofiqlashtirmoqda. BMTning Dubaydagi iqlim sammiti doirasida Markaziy Osiyoning barcha davlatlari ishtirokida «5 mamlakat - 1 hudud - 1 ovoz» nomli Markaziy Osiyo mintaqaviy pavilioni tashkil etildi. U mintaqaning yagona ovozini ilgari surishga xizmat qildi.
E.Aripov milliy miqyosda amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar haqida gapirar ekan, O‘zbekiston o‘z oldiga strategik maqsad - resurslarni tejaydigan, «yashil» rivojlanish modeliga o‘tish orqali ekologik barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashni qo‘yganini ta’kidladi.
Uning aytishicha, bu yo‘nalishda sezilarli natijalarga erishilgan. Mamlakatda sug‘oriladigan yerlarning qariyb 2 million gektarida suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etilgan bo‘lib, bu qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan maydonlarning 46 foizini tashkil etadi. Bundan tashqari, so‘nggi besh yil ichida O‘zbekistonda 9,6 gigavattlik zamonaviy energiya quvvatlari ishga tushirildi. 2030 yilga kelib, qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 16 foizdan 54 foizgacha oshirish rejalashtirilmoqda.
SMTI rahbari mintaqada yuzaga kelayotgan bir qator muammolarni ta’kidlab o‘tdi. Asosiy muammolar qatorida iqlimga neytral texnologiyalarga o‘tish va iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish uchun moliyaviy mablag‘larning yetishmasligi alohida qayd etildi. Jahon bankining hisob-kitoblariga ko‘ra, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish va tarmoqlarni modernizasiya qilish uchun kelgusi 5-10 yil ichida butun mintaqaga kamida 20 milliard dollar miqdorida investisiyalar kiritish zarurati mavjud.
Shu munosabat bilan E.Aripov suv-energetika sohasiga sarmoyalar, innovasiyalar va texnologiyalarni jalb etish, shuningdek, soha mutaxassislarini tayyorlash ustuvor vazifalar bo‘lib qolayotganini ta’kidladi. «Bu masalalar joriy yilda yurtimizda o‘tkaziladigan «Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi» sammitida hamda Markaziy Osiyoning global iqlim muammolariga bag‘ishlangan konferensiyada muhokama qilinadi,» deya ma’lum qildi u. Ekspert O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda mintaqa va xalqaro hamkorlarning sa’y-harakatlarini birlashtirish uchun asosiy maydonga aylanishiga ishonch bildirdi.
1963 yildan beri o‘tkazilib kelinayotgan Myunxen xavfsizlik konferensiyasi (MSC) xalqaro siyosatni muhokama qilish va eng dolzarb global muammolarni hal etishga qaratilgan diplomatik tashabbuslarni taqdim etish uchun dunyoning yetakchi forumi hisoblanadi. U davlat va hukumat rahbarlari, vazirlar, xalqaro va nodavlat tashkilotlar vakillari, shuningdek, sanoat, ommaviy axborot vositalari, ilmiy doiralar va fuqarolik jamiyati yetakchilarini bir joyga to‘playdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Истанбулда Украина билан ўтказилган музокарада Россия ўзининг асосий талабларини маълум қилди. Бу ҳақда Россия делегацияси вакили Владимир Мединский маълум қилди, деб хабар беради Clash Report.
Эстония ҳарбий-денгиз кучлари ва НАТО авиацияси Болтиқ денгизида Россия портига йўл олган Габон байроғи остидаги нефть танкерини қўлга олишга уриниш қилди. Воқеа Фин қўлтиғи сувларида юз берди.
Ахios: Трамп Путин унга урушни якунлаш учун реал шартларни баён этишгага ваъда берганини айтиб, Россияга нисбатан янги санкциялар жорий этишдан воз кечди
Исроил армияси ўзини ҳимоя қилиш доирасида Ғазо секторидаги амалиётини кенгайтирмоқда, бироқ гаровга олинганларни озод қилиш бўйича келишувга эришилса, “ҳаракатларини тузатишга” тайёр.
Давлат хавфсизлик хизматининг Тошкент вилояти бўйича бошқармаси ходимлари томонидан ички ишлар органлари билан ҳамкорликда синтетик гиёҳвандлик воситалари айланмасига чек қўйишга қаратилган тезкор тадбир ўтказилди.
Кёдо агентлиги хабарига кўра, бўш турган лавозимга аҳоли орасида машҳур бўлган ёш сиёсатчи, собиқ бош вазир Жуничиро Коидзумининг ўғли Синдзиро Коидзуми тайинланади.
“Репорт” нинг хабар беришича , ташкилот сайтидаги овоз бериш жараёнининг транслятсиясига кўра, йиғилишда қатнашган 124 нафар иштирокчи давлат келишувни ёқлаб, 0 нафари қарши овоз берган. 11 давлат, жумладан Исроил, Эрон, Италия, Полша, Россия ва Словакия бетараф қолди. Шартномани маъқуллаш учун 83 овознинг кўпчилик овози керак эди.
“Репорт” нинг хабар беришича , армия матбуот хизмати баёнотига кўра, “Темир излар” 401-зирҳли бригадасининг жанговар муҳандислик батальонида хизмат қилган 22 ёшли сержант Ёзеф Еҳуда Хирак ҳалок бўлган.
АҚШ молия вазири Скотт Бессент CNN телеканалидаги интервюсида президент Доналд Трамп томонидан жорий этилган янги божлар ва уларнинг истеъмолчиларга таъсири ҳақида фикр билдира туриб, Walmart каби йирик чакана савдо тармоқлари божлардан келиб чиқадиган харажатларнинг бир қисмини ўз зиммасига олиши, аммо бу маҳсулот нархларининг ошишига олиб келиши мумкинлигини таъкидлади.
Нашрнинг ёзишича, Москва ҳозирда Истанбулдаги музокараларнинг энг кам натижасига ҳам рози бўлиши мумкин. Чунки Россиянинг ҳозирги тактикаси АҚШни ҳаддан ташқари ғазаблантирмаслик учун тинчлик жараёнига тайёрлигини кўрсатишдан иборат.
Нашр мухбири маълумот беришича, Истанбулдаги музокараларда Россия делегацияси, жумладан Владимир Мединский, Украина томонига Харкив ва Суми областларини босиб олиш билан таҳдид қилган.
АҚШ 2025 йил охирига қадар Европа қитъасидаги ҳарбий контингентини қисқартириш бўйича музокараларни бошлайди. Бу ҳақда НАТОдаги АҚШ доимий вакили Мэттю Уитакер маълум қилди.
АҚШ президенти Доналд Трамп Саудия Арабистони, Қатар ва Бирлашган Араб Амирликларига (БАА) қилган ташрифлари натижасида Америка иқтисодиётига 12-13 триллион доллар миқдорида сармоя киритиш бўйича келишувларга эришилганини маълум қилди.
Нодавлат ташкилот ҳисоботига биноан, 2022 йил 24 февралдан буён Россия қуролли кучлари Украинанинг 25 та меҳмонхонасига 31 марта ҳужум қилган. Ушбу меҳмонхоналар асосан фронт чизиғига яқин ҳудудларда - Харков, Донетск, Днепропетровск, Одесса ва Киевда жойлашган.