Do‘stining bank kartasini o‘g‘irlab, ichidagi pullarni talon-toroj qilgan shaxs qilmishi

 Do‘stining bank kartasini o‘g‘irlab, ichidagi pullarni talon-toroj qilgan shaxs qilmishi

Toshkent viloyati Parkent tumanida yashovchi 1992 y.t., fuqaro E.Z. ariza bilan murojaat qilib, o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartasini turmush o‘rtog‘i yo‘qotib qo‘yganligini va o‘sha kunning o‘zida noma’lum shaxs tomonidan bank kartasi hisobidan 2.307.000 so‘m pullar yechib olinganligini ma’lum qilib, pullarini qaytarilishida yordam va noma’lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, pullarni yashirin ravishda o‘zlashtirgan shaxs, Toshkent viloyati, Parkent tumanida yashovchi 1994 y.t., B.N. ekanligi aniqlangan.

B.N. muqaddam jabrlanuvchi bilan tanish ekanligi va jabrlanuvchining bank kartasi kodini bilishi, shu sababli plastik kartani yashirin ravishda talon-toroj qilganligi ma’lum bo‘ldi.

B.N.ga nisbatan O‘z. Res. JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!