«Dunyoning hech bir joyida bizchalik dorixonalar ko‘p emas»

A A A
«Dunyoning hech bir joyida bizchalik dorixonalar ko‘p emas»

Dorishunoslik haqida o‘ylar

Tunov kungi so‘rovnomadan dorichilikning yoyilishini ko‘pchilik salbiy holat deb baholashi ma’lum bo‘ldi («dorichilik» degan so‘zdan ayrimlar salbiy ruh olibdi, bu noto‘g‘ri, bu shunchaki tildagi so‘z yasash imkoniyati hosilasi).

To‘g‘ri, dorishunoslik sohasida yutuqlar, izlanishlar ham talaygina. Ba’zi yurtdoshlarimiz bu ma’noda yaxshi mehnat qilmoqda. Ammo umumiy, atroflicha olib qaraganda, bu borada ko‘ngilni xira qiladigan omillar ko‘p. Shu bois bugungi dorifurushlikdagi voqelikni men ham salbiy holat deb baholayman. Buning bir qator sabablari bor.

1. Dunyoning hech bir joyida bizdagidek dorixona ko‘p emas. Chorsudan Keles ko‘prigigacha 5‑6 km yo‘l bo‘lsa, shu oraliqda 20 tadan ortiq dorixona bor. Katta shifoxonalar atrofidagi dorixonalarni‑ku, sanab adog‘iga yetish mushkul.

2. Tog‘li hududlarga borsangiz, bitta‑yarimta dorixonani arang topasiz, o‘shanda ham sanoqli dorilar bor, xolos. Novqot yoki Arslonbopga borganda odamlar bilan gaplashsam, aytarli kasal bo‘lishmas ekan, ancha‑muncha bemorliklarga tabiiy dorilar, muolajalar olishar ekan. Shuning uchun dorixonalar va ularning dorilariga ehtiyojlari yo‘q ekan. Kimdir buni havo tozaligi va u yerdagilarning turmush tarzi bilan ham izohlashi mumkin. Biroq u yer bilan ob‑havosida katta farq bo‘lmagan shaharlarda ham dorixonalar taqqoslab bo‘lmas darajada ko‘p. Boshqa sharaharlarni olib qaraganda ham ob‑havoda dorixonalar adadiga yarasha farq yo‘q. Menimcha, bu yerda boshqa bir sabab bor: dorixonalarning o‘zi kasallik manbai bo‘lishi mumkin.

3. Kimyoviy dorilar qadimdan qo‘llab kelingan bo‘lsa‑da, bugungidek keng yoyilmagan. Aslida kimyoviy dorilardan ko‘ra imkon qadar tabiiy dorilarni qabul qilgan yaxshi. Buni tabiiy fanlardan dars o‘tgan bir domalamiz quyidagicha tushuntirgan edi:

«Salapan (sellofan) yoki biror yelim narsani yerga ko‘msangiz, yillar o‘tib ketsa ham chirimaydi, boyagidek turaveradi. Ammo shuning o‘rniga temir yo po‘latni ko‘msangiz, bir necha yillarda chirib, yerga qorishib ketadi. Savol tug‘iladi: nega yupqagina yumshoq salapan chirimaydi‑yu, bilakdek keladigan qattiq temir, qulochni to‘ldiradigan, toshdek qattiq taxta chirib ketadi? Chunki temir, taxta tabiiy narsa, shu bois tabiatga singadi. Ammo salapan sun’iy narsa, shuning uchun u yerga kirishmaydi. Kimyoviy dorilar ham jismga singmay, tirik organizmlarni buzishi xuddi mana shu holatdan kelib chiqadi».

Domlaning gapi mavjud ilmiy qarashlarga qanchali mos tushishidan qat’i nazar, voqelikning o‘zginasi edi.

4. Ba’zilar dorixonalar ko‘payishini aholi soni ortishiga bog‘laydi. Bu uncha to‘g‘ri emas. Chunki dorixonalarning ko‘payishi aholi soniga monand emas, balki yuz barobar ko‘p. Avvalda bir shaharda yoki qishloqda ma’lum tabiblar bo‘lgan, hammaga yetib ortib qolgan. Yoshligimizda Andijon shahrida 3 dona dorixona ma’lum edi. Ularda ham hammaga ma’lum sanoqli dorilar bor edi. Ammo bugun qo‘rqmasdan shaharda 300 ta dorixona bor, deyaverasiz. Axir aholi yuz barobar ko‘paygani yo‘q-ku...

5. Ayrim kishilar dorixonalar ko‘payishini kasallik turi ko‘payishiga bog‘laydi. Bu ham to‘g‘ri emas. Chunki 20 yilda kasalliklar soni yuz barobarga ko‘paymaydi aslida. Agar ko‘paygan bo‘lsa, balki bu ham dorilarning sharofatidandir.

6. O‘zim va bir qator yaqin kishilarning hayotida dorilar natijasida kasallik faqat rivojlanganini ko‘rdim. To‘g‘ri, shifo bo‘layotgan dorilar ko‘p, lekin umuman natijasiz yoki noto‘g‘ri natijali davolanishlar juda ko‘paygandan ko‘paygani ham bor gap. Hadeb dori quyib qonni yuvishadi, aslida bir‑ikki marta qon oldirsa, o‘z‑o‘zidan yaxshi bo‘lib ketadi. Yana bunga o‘xshash holatlar juda ham ko‘p.

7. Dorilarni narxlashda ham insof yo‘q. Kasal qancha nozik bo‘lsa, dorisi shuncha qimmat. Holubki tarkibida katta o‘zgarish bo‘lmaydi. Ayrim dorilar butkul monopollashgan va kamiga bu qonun bilan himoyalangan bo‘ladi.

8. Soxta dori ko‘payib ketdi. Yaqinda bir xabarda 90 foiz doirilar asl emasligi haqida aytildi. Ayrim dorilarni ichasiz, ammo hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi. Gripp dorilarning ko‘pi sizni birato‘la kasal qiladi. Bitta nimadir arzimagan modda qo‘shib, yangi nom bilan qimmat narxda yangi dori chiqarishadi. Doktor yozib bersa, bemor olib ichaveradi.

9. Ukol orqali dori yuborish ham aslida juda xatarli ish. Germaniyada davolanib kelgan yurtdoshlarimizning aytishicha, bemorga ukol qilish uchun bir nechta jihatdan doktorlar tekshiruv va xulosa berish kerak ekan. Ularning aytishicha, bizda jarrohlik uchun qanday yondashilsa, ularda ukolga shunday munosabat bor ekan. Bizda esa ha desa ukol yozishadi. Aslida tabiiy yo‘l ‒ boshqa ozuqalar kabi dorining ham oshqozon‑ichak orqali so‘rilishi hisoblanadi. Uni mushak yoki tomirdan yuborilishi modda almashinuvining teskari yurishi bo‘ladi. Shuning uchun ko‘p odamda hozir modda almashinuvi buzilgan va shuning uchun ko‘pchilik bo‘lar‑bo‘masga semirib, yana nimadir kasallarga chalinib yuribdi.

Xulosa qilib aytganda, dorishunoslik va dorifurushlik sohalarini qattiq nazorat qilish, tartibga solishga muhtojmiz. Ko‘pchilik kishilar doktorlardan nolib qolishadi. To‘g‘ri, kimlardadir izlanishlar, bilim ko‘ngildagidek bo‘lmasligi mumkin. Lekin men aytamanki, eng asosiysi ular o‘qigan metodda o‘zi gap bordek, o‘ta eski yoki mustamlaka bo‘lgandek ko‘rinadi. Shuningdek, zamonaviy tibbiyotda tan olinmaydigan, ammo hayotda bor ko‘p holatlar borki, to G‘arbdagi kattalari tan olmagunicha boshqalar ko‘zni yumib yuraveradi. Misol uchun, mijoz masalasi, doktorlar uni umuman hisobga olmaydi, lekin bu juda ham muhim.

Shu bois, zamonaviy tibbiyot bilan birga Sharq tabobatini ham qayta jonlantirish kerak deb o‘ylaman. Asrlar osha bizning iqlimimizda o‘zini oqlagan tabiiy davolash usullari, dorilari bor, ulardan unumli doydalanish darkor.

Tabobat deganda ko‘z oldimizga oxirgi asrlarda hamma sohalar qatori tabiblik ham cho‘kkan davrdagi tabobat keladigan bo‘lib qolgan. Biz bugun G‘arbni uyg‘otgan tabobatimizni tiklashimiz kerak.

Shu bilan birga, o‘sha uslublarni zamonga moslashimiz lozim. Oddiy misol, dori vositalarini iste’mol qilishnning qulay ko‘rinishlarini yaratish kerak. Ko‘pchilik kishilarning tibbiyotga murojaatining sabablaridan biri ular taqdim qilgan dorilarni qabul qilish oson, tabletkani yutasiz qo‘yasiz yoki shirinlik so‘rgandek dorini shimib yurasiz. Tabobatimizda esa dori qabul qilish uchun damlama, qaynatma uslublar ko‘p va bunday dorini har joyda olib yurish, iste’mol qilish qulay kelmaydi. Shuningdek, tekshiruv uslublarida ham yangiliklar qilishga muhtojmiz. Bir qator Sharq mamlkatalarida bu borada ancha yangiliklar bor, ularni ham o‘zlashtirishimiz lozim.

Bu yerdagi so‘zlarni bir oddiy iste’molchining shaxsiy mulohazalari deb qabul qilasizlar, mutaxassislik da’vosi yo‘q. Kamchiliklar bo‘lsa, to‘ldirishingiz mumkin.

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

Manba: Azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Aholiga hech qanday shartlarsiz har 3 oyda 200 dollardan beriladi

Нашрнинг хабар беришича, маблағларни банк ҳисобига чек орқали ёки ҳукумат қўллаб-қувватлайдиган рақамли ҳамён орқали криптовалюта шаклида олиш мумкин.

Mers Ukraina bo‘yicha muzokaralar tafsilotlarini oshkor qildi

Мерц бу ҳақда ZDF телеканалида айтиб ўтди.

Farg‘onalik tabib Iqbol Soliyev 10 sutkaga qamaldi

Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.

AQSh Jahon Savdo Tashkilotining davri tugadi deb hisoblamoqda

Бу ҳақда Financial Times (FT) хабар бермоқда.

"2022 yilda urushni biz boshlaganimiz yo‘q; aslida bu urushni G‘arbning o‘zi boshlagan"

Киев режими дунёдаги энг йирик ҳарбий-сиёсий блок салоҳиятига эга

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.